Milliy matbuot markazida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tizim faoliyati va istiqboldagi rejalarga oid ma’lumotlar berildi. Anjuman savol-javoblar ruhida o‘tgani uchun jurnalistlar tomonidan tizim taraqqiyotiga oid, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyatida va aholi ishlatib kelayotgan o‘lchov vositalarida uchrayotgan muammolar xususida savollar berildi. Jumladan, keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p ko‘tarilayotgan mavzu o‘lchov vositalaridagi nosozlik, jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda mahsulotlarimizning xalqaro standartlarga javob berishi uchun qilinayotgan ishlar, kadrlarni tayyorlash kabi masalalar yig‘ilganlarning e’tibori markazida bo‘ldi.

- Ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘layotgan Surum yoki Toshkent viloyatidagi radarlarni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda tahlil o‘tkazdik. Bu yerda bir qancha sabab aniqlandi, - deydi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov. – Nafaqat radarning o‘zida kamchilik, uni o‘rnatishda kamchilik bo‘lishi mumkin. Undan tashqari bizni iqlim tizimimizga mos ravishda ishlaydigan radarlarni o‘rnatish talabi qo‘yilayapti biz tomondan. Ya’ni, bilamizki radarlar issiqdayam, sovuqdayam ishlashi kerak. Uni o‘zining talabi bor. Qaysi darajagacha chidashi kerak va qaysi darajada to‘g‘ri ishlashi kerak? 

Xatoliklar uchramasligi uchun uni metrologik tekshiruvdan o‘tkazib turish kerak va doimiy elektr ta’minoti bo‘lishi lozim. Undan tashqari haydovchilar tomonidan ham avtoulovlarga qo‘yilgan talablarga rioya qilinishi kerak. Bu birinchi galda tezlikni xato ko‘rsatadigan omil - balonlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq. 

Tadbirda metrologiya sohasini takomillashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash va xalqaro maydonda raqobatbardosh darajaga olib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar xususida jurnalistlarga keng ma’lumot berildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-IpVQsykSAM" title="Radarlar noto‘g‘ri ishlashining sababi nimada?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Radarlar noto‘g‘ri ishlashining sababi nimada? (+video)