2025 yil 28-29 avgust kunlari Belarus – O‘zbekiston ayollari uchinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan mazkur forumga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha majlis o‘tkazildi.
Majlisda senatorlar, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Forumni yuqori darajada tashkil etishga, uning doirasida o‘tkaziladigan muhim tadbirlarda ilgari suriladigan asosiy ustuvor yo‘nalishlarga, jumladan, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, forum doirasida ikki davlat xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Tadbir yakunida Belarus – O‘zbekiston ayollari uchinchi biznes-forumini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha parlament, vazirlik va idoralar oldida turgan asosiy vazifalar belgilab olindi.
N.Abduraimova, O‘zA