O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Amur viloyatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari marhumlarning oilalariga chuqur hamdardlik izhor etdi.
O‘zA