Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy 2025 yilning yanvar-iyun oylarida tug‘ilganlarning 51,7 foizini, ya’ni 209,6 ming nafarini o‘g‘il bolalar, 48,3 foizini – 195,9 ming nafarini qiz bolalar tashkil qilgan.
Tug‘ilish sur’ati kamayib, o‘lim soni o‘sgan.
So‘nggi olti oyda tug‘ilganlar soni 405,5 ming nafarni tashkil qiladi. Bu o‘tgan 2024 yilga nisbatan 14,4 ming nafarga kam degani.
Vafot etganlar soni 84,1 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam o‘lim 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,7 mingtaga ko‘pligini ko‘rsatadi.
Yangi tug‘ilganlarning 207,7 ming nafari (51,2 foiz) qishloq joylarida dunyoda kelgan bo‘lsa, 197,8 mingi (48,8 foiz) chaqaloq shahar hududida tug‘ilgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning olti oyi davomida nikohdan o‘tganlar soni kamayib, ajrimlar soni ko‘paygani, umumiy nikohlar soni 95,3 mingtani tashkil etgan haqida xabar berilgandi.
2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, жами aholining 18,9 millioni (50,4 foizi) erkaklar, 18,6 millioni (49,6 foizi) ayollardir. Shahar aholisi 19,1 million (51 foiz), qishloq aholisi 18,4 million (49 foiz) kishini tashkil etgan.
A.Narzulloyev, O‘zA