Istanbul shahrida TURKSOY – Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotiga a’zo davlatlarning kino sohasi rahbarlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilish TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev boshchiligida o‘tdi.  

Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi.  

Yig‘ilishda shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston va TURKSOYga boshqa a’zo davlatlardan kelgan delegatsiya vakillari ham  ishtirok etdi. Tadbir doirasida tomoshabop, tarixiy va milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi filmlar yaratish, turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi kinematografiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, turkiy xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, kino san’ati sohasida festivallarni tashkil etish, yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.  

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kino sohasi vakillarining xalqaro uchrashuvi