O‘zbekiston Respublikasining Shri-Lankadagi (qarorgohi Islomobodda joylashgan) birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher To‘xtayev Kolombo shahrida ushbu mamlakat Davlat protokoli rahbari Rohana Ambagollaga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi.
Uchrashuvda Shri-Lanka rasmiysi O‘zbekiston tomonining ilk elchi tayinlash qarorini olqishlab, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning global Janub bilan yaqinlashish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari yuksak baholandi.
Tomonlar o‘zaro savdo, logistika, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilib, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, transport va logistika sohalarida qo‘shma yechimlar ishlab chiqish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn platforma va dasturlarni joriy etish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Musulmon Ziyo, O‘zA