FOTOREPORTAJ
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 24 iyulidan 3 avgustiga qadar mamlakatimizda ilk bor voleybol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Jahon birinchiligi doirasida 24 ta davlatdan 288 nafar yosh voleybolchi ishtirok etadi. Musobaqani o‘tkazish uchun 56 nafar xalqaro, 50 nafar mahalliy hakam, shuningdek, 80 nafar texnik mutaxassislar jalb etilgan.
[gallery-24443]
U19 jahon chempionatining barcha uchrashuvlari Yunusobod tumanida joylashgan “Yunusobod” sport majmuasi hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetining 1- va 2-zallarida o‘tkaziladi.
Ishtirokchi davlatlar 4 ta guruhga bo‘lingan holda uchrashuvlar olib boradi:
A guruh: O‘zbekiston, Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Pokiston, Turkiya
B guruh: Fransiya, Bolgariya, Yaponiya, Xitoy, Jazoir, Kanada
S guruh: Eron, Italiya, Misr, Tunis, Polsha, Ispaniya
D guruh: AQSH, Janubiy Koreya, Braziliya, Kolumbiya, Kuba, Finlyandiya.
Bugun «Yunusobod» sport majmuasida «A» guruhidagi bahslar boshlandi. Birinchi bo‘lib maydonga Pokiston hamda Belgiya jamoalari tushdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ochilish marosimidan so‘ng, O‘zbekiston-Turkiya jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA