Respublikamiz hududlarida 2024 yil salkam 140 ming gektar maydonda sholi ekilgan bo‘lsa, o‘rtacha hosildorlik gektaridan 50 sentnerni, yalpi hosil 700 ming tonnani tashkil etdi. Bugungi kunda ushbu yetishtirilgan sholi mamlakatimiz aholisining guruchga bo‘lgan talabini to‘la ta’minlay olmaydi. Shuning uchun aholi ehtiyojlarini qoplashda guruchni import qilishga to‘g‘ri keladi.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida koreyalik olimlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan grant loyihasi asosida 2024-2028 yilgacha sholichilikka yangi texnologiyalar joriy qilinib, O‘zbekistonni guruch mahsulotlari eksportyoriga aylantirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda gektaridan olinadigan hosil cho‘g‘i 100-120 sentnerga yetkaziladi.  

“Sholichilikda innovatsion ilmiy yondashuv zamon talabi” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda aytib o‘tilganidan Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ajratilgan 3,7 mln dollarlik grant loyihasi doirasida yaqin yillar ichida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, hosildorlik ikki barobarga oshiriladi va bu nafaqat ichki bozorni to‘la ta’minlaydi, balki katta miqdorda eksport qilishimiz uchun zamin yaratadi. Mazkur loyiha respublikamizning barcha hududlarini qamrab oladi va sholichilikda mutlaqo yangicha yondoshuvni yuzaga keltiradi.  

Bu – yerni taxlash, urug‘chilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, yerlarga zamonaviy texnikalar bilan ishlov berish, kasalliklarga qarshi kurashish, soha olimlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kadrlarni o‘qitish, hosilni yig‘ishtirib olish uchun zamonaviy kombaynlarni xarid qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar qamrab olinadi.    

Grant mablag‘lari o‘tgan yildan ajratila boshlangan va dastlab bu miqdor 320 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu yilgi beg‘araz yordam miqdori 236 ming dollar bo‘ldi.  Ushbu mablag‘ evaziga 15 turdagi texnikalar ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etildi. Ularni  Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi  Von Do Yon janoblari tantanali topshirdi.  

“Texnika - dehqon qanoti” deb bejizga aytilmagan. Mazkur yangi texnikalar sholikorlarning og‘irini yengil qilishi barobarida guruch tannarxini ham pasaytirishga hissa qo‘shadi. Ekin maydonlarining hosildorligini oshiradi, o‘simlikni bexato ekadi, unuvchanligini ta’minlaydi va suvni iqtisod qiladi.  

Mazkur qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlari va asbob uskunalarini topshirish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov o‘z so‘zida ushbu ilmiy muassasaning mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda sholichilik ilmini rivojlantirishda Koreya Respublikasi bilan samarali hamkorlik natijalariga to‘xtalib o‘tdi. Janubiy Koreya elchisi va O‘zbekistondagi  KOPIA markazi direktori Kim Jayehyunga minnatdorlik bildirdi.

Koreya elchisi O‘zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha mintaqada yetakchi davlatga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini ta’kidladi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/DQ1EkyJsnAI?si=qJp2Q83juUrlg34P" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov,

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sholichilikka 236 ming dollarlik texnikalar topshirildi (+video)