Huquqiy munosabat

Ha, ammo dividendlar uchun belgilangan stavka jismoniy shaxslarning umumiy daromadlaridan olinadigan 12 foiz soliq stavkasidan farq qiladi. 

Xo‘sh, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aksiyalardan olgan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lashda qanday imtiyozlar mavjud? 

Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi Umida Bekmirzayeva quyidagicha tushuntirish berdi: 

– O‘zbekiston Respublikasida aksiyadorlik munosabatlarini rivojlantirish, sarmoyalarni jalb qilish va fond bozori faoliyatini kengaytirish maqsadida so‘nggi yillarda qator huquqiy yengilliklar joriy etilmoqda. Shu jumladan, Soliq kodeksining 483-moddasida aksiyadorlar uchun alohida soliq imtiyozi belgilangan. 

Mazkur moddaga asosan, 2022 yil 1 apreldan boshlab 2028 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar — rezidentlar yoki norezidentlar tomonidan aksiyalardan olinadigan dividendlar jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Boshqacha aytganda, aksiyador sifatida aksiyadan daromad olgan jismoniy shaxs ushbu dividend uchun davlatga daromad solig‘i to‘lamaydi.

Shu bilan birga, yuridik shaxslar — norezidentlar tomonidan O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalaridan olinadigan dividendlarga foyda solig‘i stavkasi 5 foiz etib belgilanadi. Bu xalqaro amaliyotda nisbatan imtiyozli stavka hisoblanadi. 

Ushbu me’yor mamlakatda aksiyadorlar sonini ko‘paytirish, aksiya bozori aylanmasini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilashda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Chunki, dividendlardan soliq to‘lanmasligi jismoniy shaxslarni aksiyalarga sarmoya kiritishga rag‘batlantiradi, yuridik shaxs-norezidentlar uchun esa foyda solig‘ining imtiyozli stavkada qo‘llanilishi xalqaro sarmoyalarni jalb etish imkoniyatini oshiradi.

Amalda aksiyador dividend olgan holda davlat bilan soliq munosabatini rasman yuritishi talab etilmaydi. Chunki uning ushbu daromadi qonunchilikka asosan to‘liq ozod qilingan. Norezident yuridik shaxslar uchun esa ushbu dividendga 5 foizlik foyda solig‘i solinadi va bu soliq aksiyadorlik jamiyati yoki uning soliq agenti tomonidan davlat byudjetiga to‘lanishi ta’minlanadi. 

Qonunchilikda belgilangan ushbu tartib O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligini ta’minlash, xususiy moliya resurslarini aksiyadorlik jamiyatlari orqali iqtisodiyotga jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlardan ham soliq to‘lashlari shartmi?