O‘zbekistonning 2025 yil I yarim yillik yakunida eksport hajmi 16,9 mlrd dollarni tashkil etib, o‘sish 33 foiz bo‘ldi. Bunda, tovar va xizmatlar eksporti 23 foizga oshishi kuzatilmoqda. Ya’ni, bu borada eksportimiz 10.4 mlrd dollarga yetdi.

Albatta bu raqamlarga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilgan tub islohotlar, ichki bozorimizni tashqi omillarga bog‘liqligi kamaytirilayotgani natijasida yuqori natijalar qo‘lga kiritilyapti. 

Jumladan, yil boshidan 1 557 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etilib, ular tomonidan 650 mln dollarlik eksport amalga oshirilgani ko‘p narsani anglatadi. 

Iqtisodiyotimizda yuzaga kelgan barqarorlik va yurtimizning tashqi savdo aylanmasida kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlar xususida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bo‘lim boshlig‘i Ahror Xolmirzayev bilan suhbatlashdik. 

- Aytingchi bu yilgi 6 oylikda tashqi savdo aylanmasida qaysi korxonalarning ulushi yuqori bo‘ldi?

- Yarim yillikda bu yil tashqi savdo aylanmasi 36.5 mlrd dollarni tashkil etdi. Eng quvonarlisi biz yildan-yilga tashqi savdo aylanmasidagi salbiy balansni kamaytirib boryapmiz. Bu borada yarim yillikda 2.5 barobarga kamaytirishga erishilib, 2 mlrd dollarlik tashqi savdo balansining salbiy saldosini qisqartirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu 2018 yilga nisbatan 2.6 mlrd dollarni ilk bor tashkil etdi. 

Biz importni tahlil qilib, tashqaridan kirib kelayotgan mahsulotlarning qaysilarini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud va nima uchun imkoniyatlardan foydalanmayapmiz? – degan ma’noda tahlillar o‘tkazamiz va bu orqali mahalliylashtirish dasturini shakllantiramiz. Ya’ni, har yili import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan dastur qabul qilinadi va shu hisobdan yana investitsiyalar oqimi ko‘payadi. Nafaqat eksportda xomashyo yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, balki tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini oshib borishi hisobiga tashqi savdo balansini yaxshilab boryapmiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SBMkytQooPg" title="Mamlakatimiz tashqi savdosida ijobiy balans kuzatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz tashqi savdosida ijobiy balans kuzatildi (+video)