Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator qonun loyihalari va parlament nazoratiga oid masalalar ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Dastlab, rasmiy statistika sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

— Mazkur qonun loyihasi statistika organlarining faoliyatini takomillashtirish hamda rasmiy statistikadan foydalanuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan, — dedi deputat G.A’zamova. — Qonunchilik palatasining o‘tgan galgi yalpi majlisida parlamentdagi muxolifat — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining qonun tashabbuskorlariga bildirgan e’tirozlaridan so‘ng loyiha qayta ishlash va maromiga yetkazish sharti bilan qo‘mitamizga qaytarilgan edi.

Jumladan, muxolifat fraksiya tomonidan rasmiy statistika sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organning belgilanmagani, rasmiy statistikani tayyorlovchilar to‘g‘risidagi moddaga davlat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarini statistika dasturlariga rasmiy statistikani tayyorlovchi sifatida kiritish Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida amalga oshirilishi masalasining huquqiy jihatdan asoslantirilmagani qayd etilgan edi.

Shundan kelib chiqib, qo‘mitamiz tomonidan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida bildirilgan e’tirozlar, taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda loyiha qayta ishlab chiqildi. Xususan, Konstitutsiyaning 115-moddasidan kelib chiqib, ya’ni, “Vazirlar Mahkamasi samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar” etib belgilangani sababli qonun loyihasida amaldagi tahrir tiklandi.

Qonun loyihasida aks etgan Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida davlat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarini statistika dasturlariga rasmiy statistikani tayyorlovchi sifatida kiritishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha vakolatlar aniqlashtirildi.

Shuningdek, qonun loyihasiga asos bo‘lgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar qayta inventarizatsiyadan o‘tkazilib, amaldagi qator qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Moddama-modda muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Muhtarama Komilova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasmiy statistika sohasida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi