Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Tonggi vaqtda Navoiy shahri hududini changsimon tutun qopladi”, degan xabarlar tarqaldi. Aholi orasida esa bu vaziyat “Navoiyazot”AJ faoliyati bilan bog‘liq, degan fikrlar paydo bo‘ldi. Ushbu xabarlarga Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

– Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tahliliy laboratoriyasi hamda “Navoiyazot” AJga qarashli Sanitar laboratoriyasi bilan jamiyat atrofidan tahlil ishlari olib borildi. Korxona atrofida atmosfera havosining tarkibi EKOLAB (Gazoanalizator) apparati yordamida tahlil ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, “Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar me’yordan yuqoriligi aniqlandi. Bundan tashqari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasining tahliliy laboratoriyasi tomonidan olingan tahlillar natijasiga ko‘ra, 1-kuzatuv posti (Zulfiya ko‘chasi)dan tahlil ishlari olib borilganda, uglerod ikki oksidi 1,04 marotaba, ammiak 1,1 barobar yuqoriligi aniqlandi. 2-kuzatuv posti (Me’morlar ko‘chasi)dan tahlil ishlari olib borilganda ammiak 1,2 barobar yuqoriligi aniqlandi.

Bugungi kunda “Navoiyazot” AJ hududida tekshiruvlarni o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakili bilan kelishilgan holda tekshiruvlarni o‘tkazish maqsadida to‘plangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.  

Ushbu holat yuzasidan “Navoiyazot” tomonidan ham rasmiy ma’lumot e’lon qilindi.

– Korxona tomonidan atmosferani ifloslantiruvchi tashlamalar miqdorining me’yoridan oshmasligini nazorat qilish maqsadida 3-, 23-, 25-sexlarga 3 dona avtomatik gazoanalizator, jamiyatga qarashli sanatoriy-profilaktoriy hamda boshqarma hududiga 2 dona statsionar postlar o‘rnatildi va bunga “Navoiyazot” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan 6 milliard 186 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, atmosferaga manbalardan tashlanuvchi tashlamalarni tutib qolish maqsadida 3-sex donadorlash minorasiga 1 dona, 23-sex donadorlash minorasiga 4 dona skrubberlar o‘rnatildi.  

Korxona hududi va atrofini nazorat qilish maqsadida 500 tadan ortiq zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Yer sathidan 120 metr balandlikdagi 10-15 km masofadagi jarayonni yaqqol ko‘rish imkoniyatini beruvchi kamera tasvirlaridan ko‘rish mumkinki, bugun va 13 iyul sanasida atmosferaning ifloslanishiga sabab bo‘lgan holat korxonaga taalluqli emas.

G‘arbiy hududdan havoga ko‘tarilgan changsimon tutun shamol yo‘nalishi bo‘ylab korxona usti va atrofidan o‘tib, keyin butun shaharga tarqalgan. Shundan kelib chiqib, fuqarolardan atrof-muhitning ifloslanishida korxonani ayblab, uning nufuziga salbiy ta’sir etadigan va asoslanmagan ayblovlarni qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

Xullas, kecha qariyb 2 soatlar chamasi Navoiy shahar va qo‘shni hududlarda yashovchi aholi changsimon tutundan nafas olishga majbur bo‘ldi. Ayrimlarda esa bu holat yo‘talga ham sabab bo‘lgan. Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining aytishicha o‘rganishlar olib borilmoqda. O‘rganish ishlari yakuni bilan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy shahrini changsimon tutun qopladi