Xitoy shanba kuni mamlakat janubi-g‘arbidagi Tibet avtonom tumanida, Yarlung-Sangpo daryosi quyi oqimida umumiy sarmoyasi qariyb 1,2 trillion yuan (taxminan 167,2 milliard dollar) bo‘lgan gidroelektrostansiya qurilishini rasman boshladi, deyilgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi saytida berilgan bayonotda.

Loyiha besh kaskadli GESdan iborat. Ishlab chiqarilgan energiya birinchi navbatda tashqi iste’mol, shuningdek Tibetning o‘zida mahalliy talabni qondirish uchun yetkazib beriladi.

Hozir yer yuzidagi eng ulkan GES ushbu mamlakat markaziy qismidagi Xubey provinssiyasida, Yanszi daryosida joylashgan “Sansya” (Uch dara) majmuasi hisoblanadi. 2008 yil oktyabrda ishga tushgan “Sansya” 22,4 million kilovatt quvvatga ega.

Mahalliy matbuot avvalroq Tibetda bunyod qilinishi rejalashtirilayotgan yangi GESning quvvati 60 million kilovattni tashkil etishi, ishlab chiqariladigan yillik energiya 300 milliard kilovatt-soatga yetishini yozgandi. Demak, yangi inshoot “Sansya” GESidan qariyb uch barobar yuqori quvvatga ega bo‘ladi.

Mazkur mega loyiha Hindiston rasmiylarini xavotirga solmoqda. Yanvar oyi boshida ushbu davlat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Randxir Jaysval mazkur bunyodkorlik tashabbusi jarayoni diqqat bilan kuzatib borilayotgani aytib, Pekinni bunday inshoot qurishda Nyu-Dehli va boshqa mintaqalar manfaatini buzmaslikka chaqirgan.

Uzunligi 1 700 metrga cho‘zilgan Yarlung-Sangpo daryosi Tibet janubi-g‘arbidagi Kaylash tog‘i yaqinidagi Jima Yangzong muzligidan boshlanib, Hindistondagi Sing daryosiga, so‘ngra Braxmaputraga quyiladi, shundan so‘ng Bangladeshga yetib boradi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurilishini boshladi