O‘zbekiston futboli tarixi va bugunida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasining o‘rni beqiyos. 63 yil muqaddam tashkil topgan “Neftchi” futbol jamoasi O‘zbekiston chempionatida besh marotaba oltin, besh marta kumush va bir bor bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Ammo bir muddat komanda mavqeini yo‘qotdi. Hatto bir yil superliga musobaqalarida ishtirok etmadi. Buning sabablaridan biri – o‘quv mashg‘ulot bazasining nochor ahvoli bilan bog‘liq edi.

Nihoyat u mukammal ta’mirlandi. Barcha sharoitlar yaratildi. Jamoaning shu yerda yashab, mashg‘ulot o‘tishi uchun zarur bo‘lgan eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv mashg‘ulot markazi tashkil topdi.  

Bugun “Neftchi” klubining yoshlar, ayollar kabi jamoalari uchun bitta xalqaro musobaqalar me’yoriga javob beradigan va uchta mashg‘ulot o‘tkazish stadionlari mavjud. Markaz hududida jismoniy mashg‘ulotlar va professional suv havzalari ham bor.  

– Barcha farg‘onaliklarni yangi ochilgan o‘quv mashg‘ulot bazasi bilan tabriklayman, – deydi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odiljon Ahmedov. – Bugun futbolchilar uchun eng maqbul sharoit yaratilibdi. Endi Farg‘ona futboli munosib natijalarga erishishiga ishonchim komil.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyat hokim Xayrullo Bozorov, futbol faxriysi Tohir Kopadze va boshqalar davlat rahbarining futbolga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli mamlakatimiz jahon chempionati ishtirokchisi bo‘ldi, yosh, iqtidorli futbolchilarimiz dunyoning peshqadam  klublari o‘yinchisiga aylandi, deya ta’kidlashdi.

– Barcha kuch “Neftchi” jamoasi bu yil chempion bo‘lishiga qaratilgan, – dedi Xayrullo Bozorov.  

Tadbir davomida viloyat rahbari yosh futbolchilarga sovg‘alar va sport anjomlarini topshirdi.

Ma’lumki, bu yil “Neftchi” professional klubi qoshida futbol akademiyasi ochildi. Hozirgacha 700 dan ziyod yoshlar kirish sinovlarida qatnashish istagini bildirdi.  

– Farg‘ona vodiysi iste’dodli futbolchilarga  boy. Shuning uchun ularga sharoit yaratib bersak O‘zbekiston terma jamoasiga ko‘plab farg‘onalik futbolchilar aynan shu akademiyada yetishib chiqishiga ishonchim komil, – deydi Odiljon Ahmedov. – Farg‘onada futbol yanada rivojlanadi va ochilgan akademiya o‘zbek futbolining yutug‘i deb bilaman.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/IMSuGVtr--8?si=nk6n0INWPAIHuvx5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,

Elyor Olimov (video),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Neftchi” futbolchilari uchun yangi o‘quv-mashg‘ulot markazi ochildi