Mutaxassislarning ta’kidlashicha, futboldagi g‘alabalar uning ommaviyligiga bog‘liq ekan. Mana besh yildirki, “Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi uchun futbol bo‘yicha 16-30 yoshlilar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazib kelinadi. Bu yil Farg‘ona viloyatidagi 1015 ta mahalla futbol jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Nihoyat g‘olib va sovrindorlar, eng yaxshi futbolchilar aniqlandi. Ularni taqdirlash esa chin ma’noda yoshlar bayramiga aylanib ketdi.

Toshloqlik Mohira Jo‘raboyeva qizlar o‘rtasidagi, quvasoylik Jamshid Ubaydullayev mini futbolchilar o‘rtasida, Uchko‘prik va Farg‘ona shahri jamoasi a’zolari Otabek Ahmadjonov hamda Shahzod Usmonovlar turnirning “eng yaxshi futbolchisi” deb e’lon qilindi va ular maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nihoyat qizlar, yigitlar o‘rtasidagi futbol va minifutbol musobaqasi g‘oliblari sahna markaziga taklif etildi. Farg‘ona, Bag‘dod, Toshloq, Uchko‘prik tumanlari, Qo‘qon, Farg‘ona, Quvasoy shahar jamoalari sovrinli o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblarga esa Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasining bosh sovrini – kubok hamda tegishli diplom, sovg‘alar topshirildi. Ular xotin-qizlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqa g‘olibi – Farg‘ona tumani, minifutbolchi Quvasoy shahar “Bog‘bon” MFY jamoasi va futbol bo‘yicha Farg‘ona shahar “Yangi yo‘l” MFY yoshlari edi. Ularning barchasi medallar, sport anjomlari bilan taqdirlandi.  

DXX kubogi g‘oliblarini taqdirlash marosimi san’at ustalarining galakonserti va yoshlar sayli bilan davom etdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ingUkQTewaM?si=r0LY-fJtFVmQSoNV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,

Elyor Olimov (video) O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX kubogi g‘oliblari taqdirlandi