Toshkent shahrida ijtimoiy xizmatlar rivojlantirilishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2024 yil 13 iyunda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari kafolatlarini kuchaytirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yangi ijtimoiy xizmatlar tizimi joriy etilmoqda.
2025 yil 1 martdan boshlab respublikada 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu xizmat bolalarga ijtimoiy, reabilitatsion, pedagogik va boshqa zarur yordamni ko‘rsatadi. Bu chora-tadbir nafaqat bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlaydi, balki ularni doimiy parvarishga muhtoj ota-onalarga mehnat faoliyatini tiklash va daromad olish imkonini ham beradi. Yashnobod tumanida joylashgan “Wunderkind” xususiy bog‘chasida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmati 9 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarni qamrab olishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda unda 7 nafar bola ta’lim va parvarish bilan ta’minlangan.
Bugungi lavhamizda ushbu ta’lim maskanida nogiron bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va ishchi guruh bilan yaqindan tanishib, yanada batafsil ma’lumot olishga muvaffaq bo‘ldik.
<iframe width="798" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/olRHTQQGKrM" title="Ijtimoiy hayot – taraqqiyot sari yana bir qadam" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA