Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Maksima Stables” ot sport klubida o‘tayotgan konkur bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Jumladan, to‘siqlar balandligi 130 sm. bo‘lgan yo‘nalishda Alisherjon Erkinov barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 125 sm. to‘siqlardan ot sakratishda Bekzod Qurbonov oltin, Alisher Erkinov kumush medal bilan taqdirlandi.  

120 sm. dan baland bo‘lgan to‘siqlarda o‘tgan bellashuvlarda esa Oqil Sobirjonovga teng keladigani topilmadi. 140 sm.da esa Xurshidbek Alimjonov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Shuningdek, 21 iyulga qadar davom etayotgan mazkur musobaqaning 115 sm to‘siqdan ot sakratish bahsida Ibrohim Yo‘ldoshev va Xurshidbek Alimjonov bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, jamoaviy bahslarda terma jamoamiz kuchli uchlikdan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chavandozlarimiz Rossiyada porlamoqda