Bugungi kunda yurtimizda jami 8 ming 370 ta tarixiy ob’ekt moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari Milliy ro‘yxatiga kiritilgan va muhofazaga olingan.

Mavjud madaniy meros ob’ektlarini himoya qilish, ularni qayta tiklash va mavjudlarini muhofaza qilish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan eshituvda ushbu sohadagi ishlar sarhisob qilindi. Unda Madaniy meros agentligining “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, 2023-2024 yillar mobaynida 17 ta arxitektura yodgorligi, 156 ta mozaika kompozitsiyasi monumental yodgorlik sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatiga yangidan kiritilgan.  

Madaniy meros agentligi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, restavrator kadrlarni tayyorlash maqsadida “O‘zbek–Italyan restavratsiya markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Muhokamalarda deputatlar sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, o‘z yechimini kutayotgan ayrim masalalarga e’tibor qaratdi.  

Jumladan, ob’ektlarda uchrayotgan kompleks loyihalashtirish bilan bog‘liq muammolar, muhofaza qilish, nazorat va aholi o‘rtasida targ‘ibot qilish hamon sust ekani, namlikni bartaraf etish, cho‘kish va yorilishlarni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi choralar yetarlicha emasligi ta’kidlandi.

Shuningdek, madaniy meros ob’ektlarini raqamlashtirish, arxeologik tadqiqotlarni kengaytirish, restavratsiya ishlarini jadallashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy ob’ektlarni muhofaza qilish choralari yetarli emas