Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon kortejidagi avtomobillarga suyultirilgan benzin quyilgani sababli taksiga o‘tirishga majbur bo‘ldi. Prezidentning maxsus inspektori Mustafo Molaviyning aytishicha, voqea Pezeshkiyonning Tabrizga norasmiy tashrifi paytida yuz bergan. Kazvin viloyatidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida prezident kortejidagi uchta avtomobilga suv aralashtirilgan benzin quyilgan. Natijada ular belgilangan manzilga yetib bora olmagan. Oqibatda prezident xususiy taksida Tabrizga yo‘l olishga majbur bo‘lgan.

Polsha Budapeshtdagi elchisini chaqirib olib, Vengriya bilan diplomatik munosabatlarni qisqartirmoqda. Polsha nashrlarining xabar berishicha, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi qarori bilan Budapeshtdagi elchi Sebastyan Kenchek 15 iyuldan o‘z vazifalarini bajarishni to‘xtatgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17 iyul kuni mamlakatda 6 oy ichida qurol ishlab chiqarish miqdori oshirilishini ma’lum qildi. Ukraina rahbari keyingi 6 oy ichida mudofaa sektorida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qilgan.

Buyuk Britaniyalik olimlar Antarktidadagi 1,5 million yillik muz bo‘laklarini burg‘ilab olib, tadqiqot uchun Kembrijga olib keldi. Bu haqda BBC xabar berdi. Olimlar ushbu muz bo‘lagini eritish tarixda Yer iqlimi qanday bo‘lgani borasida ma’lumot berishiga ishonch bildirmoqda. Bo‘laklar silindr va to‘rtburchak shakllarda Antarktida muz qatlamining chuqur qismidan burg‘ilab olgan.

AQSH prezidenti Donald Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Bu haqda Oq uy matbuotiga tayanib BBC xabar berdi.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt 17 iyul kuni prezidentning sog‘lig‘i haqida bayonot bergan. Unga ko‘ra, Trampning qo‘lida so‘nggi kunlarda ko‘karish va shishlar paydo bo‘lgan. Shu sabab prezident bir qancha tibbiy tahlillar topshirgan.

Prezidentning aspirin dorisini qabul qilib, odamlar bilan tez-tez qo‘l siqib ko‘rishishi ushbu ko‘karishlarga olib kelgani ma’lum qilindi. Bu esa yurak-qon tomir tizimida muammolar borligidan dalolat beradi. Trampga rasman surunkali venoz yetishmovchiligi taxshxisi qo‘yilgan. Bu holatda oyoq va qo‘l tomirlarining qonni yurakka haydashida mummaolar yuzaga keladi. Oqibatda qon oyoq-qo‘llarda to‘planib, shishib ketadi.

Sibir o‘zbeklarning tarixiy vatani ekanini aytgan Xanti Mansi avtonom okrugi dumasi deputati Tagizade Xolid Boyukaga o‘g‘li mandatidan voz kechdi. Bu haqda uning yordamchisi Andrey Sisoyev “TASS”ga xabar berdi. Ma’lumotga ko‘ra, bu masala yuzasidan Yugra dumasining navbatdan tashqari yig‘ilishi belgilangan. Tagizade ijtimoiy tarmoqlar orqali rasmiy bayonot berishi ham kutilmoqda. U 7 iyul kuni vakolatidan voz kechish haqidagi arizani topshirgan, yakuniy qaror esa 19 iyul kuni e’lon qilinishi mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/koPJaOrEsO0" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)