“BerNAMa” axborot agentligi O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi bayonotiga tayanib, Malayziya turizm delegatsiyasi yurtimizga 3-9 iyul kunlari amalga oshirgan tashrif tafsilotini yoritdi.

Mamlakatimiz Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bir haftalik tashrif doirasidagi tadbirlarda ushbu davlatning 25 dan ziyod sayyohlik agentligi vakillari ishtirok etdi.

Mehmonlar Islom sivilizatsiyasi bilan bog‘liq madaniy meros ob’ektlari va boshqa diqqatga sazovor joylarni o‘rganish maqsadida Jizzax, Samarqand, Buxoro viloyatlari va poytaxtda bo‘ldi. Ularga yurtimizning sayyohlik salohiyatiga oid qator taqdimotlar namoyish etildi. Hukumatdan biznesga (G2B) va biznesdan biznesga (B2B) formatida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Sessiyalar davomida sayyohlik agentliklari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish, diyorimizga Malayziyadan sayyohlar oqimini tezlashtirish orqali uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati muhokama qilindi.

Turizm globallashuv davirda mamlakatlar iqtisodiyotida muhim tarmoqqa aylanib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, bandlik ta’minlanishi, infratuzilma sifati oshishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga turli madaniyatlar o‘rtasida bag‘rikenglik rishtasi, do‘stlik ko‘prigini mustahkamlashga imkon yaratmoqda.

Xususan, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Dunyoning ikki xil mintaqasi – Markaziy Osiyo va Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan bu ikki mamlakat hamkorligi natijasi o‘laroq, o‘zaro 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan.

2024 yil Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri o‘rinbosari Xayrul Firdavs Akbar Xon boshchiligidagi delegatsiya Xiva shahrida Islom turizmi vazirlari konferensiyasi XII sessiyasida ishtirok etdi.

Umuman, davlatlarimiz xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab, turizm sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan yil 21-23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida hamokor yurt delegatsiyasi turistik salohiyat aks etgan stend bilan ishtirok etdi.

Anjuman davomida Malayziyaning turistik salohiyati keng namoyish etilishi barobarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan hujjatlar imzolandi, kelishuvlarga erishildi. O‘zaro majburiyatlarni mustahkamlashga kelishib olindi.

Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil O‘zbekistonga 4396 malayziyalik sayyoh tashrif buyurgan. 2024 yil bu raqam ikki barobar oshib, 9453 nafarga yetdi. Demak, malayziyaliklarda jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida O‘zbekistonga qiziqish tobora ortmoqda.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm – O‘zbekiston va Malayziya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri