Ma’lumki har yili avgust oyida davlatimiz rahbariningtadbirkorlar bilan ochiq muloqoti tashkil qilinadi va unda turli sohalardagi tizimli muammolar aniqlanadi, ularning yechimlari topiladi va takliflar o‘rganiladi.

Ushbu muhimtadbir oldidan vazirlik va idoralar tomonidan sohaviy uchrashuvlar o‘tkazilib, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlari tinglanmoqda.

Chorvachilik sohasidagi tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham ushbu tarmoqdagi yechiminikutayotgan masalalarni aniqlash va chora-tadbirlar ishlab chiqish yig‘ilganlarning diqqat markazida bo‘ldi.

Unda Biznes-ombudsman,Iqtisodiyot va moliya, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari, Markaziy bank, Soliq va Bojxona qo‘mitasi, Tovar xom-ashyo birjasi, Kadastr agentligi, chorvachilikxo‘jaliklari rahbarlari hamda tijorat banklari mas’ullari ishtirok etdi.

Konferensiya dastlab xushxabardan boshlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan kuni kecha qabul qilingan “Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloqxo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chorvadorlarimiz uchun katta imkoniyatekanligi ta’kidlandi. Ushbu hujjat bilan Mongoliyadan 100 ming bosh naslli qo‘y olib kelinishi va mazkur davlatga eksport qilish imkoniyatlari kengaygani aytildi.Shuningdek, tarmoqni rivojlantirishga oid qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar bo‘yicha ma’lumot berildi. 

Shundan so‘ng chorvadorlarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarturli sohalarni qamrab oldi. Masalan, chorva ozuqasi uchun ekin yerlarini kengaytirish, davlatdan subsidiya olish, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovi, kadastr hujjatlaridagimuammolar va boshqa faoliyatlariga oid dolzarb murojaatlar vazirlar, mutasaddilarga to‘g‘ridan -to‘g‘ri yo‘llandi va shu yerning o‘zida ularning yechimlarinitopish bo‘yicha choralar izlandi. Vaqt va muddat talab etadiganlari nazoratga olindi. 

Vazirlar fermerlarning murojaatlariga javoban ishchi guruh tuzilganligini va tunu-kunchorvadorlarning muammolari bilan ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi hamda uchrashuv so‘nggida o‘zaro telefon raqamlari almashildi. 

Xulosa qilibaytganda bu yerga barcha fermerlar katta umid bilan kelganlar va ularning muammolari yechim topishi albatta kelgusida tarmoqning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LCQMeDQ06qg" title="Chorvachilik sohasidagi muammolar o‘rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik sohasidagi muammolar o‘rganildi (+video)