O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari birinchi uch tomonlama uchrashuvi o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi. Bu haqda “Bakhtarnews” ma’lum qilgan.
– Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, delegatsiyalar tarkibida O‘zbekiston transport vaziri va Pokiston temir yo‘llari vaziri ham bor. Anjuman davomida Butun Yevrosiyo uchun strategik ahamiyatga ega O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston Trans-Afg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.


Ta’kidlash joiz, mazkur loyiha o‘zaro savdo munosabatini kuchaytiradi, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozoriga yangi yo‘l ochadi.
Tomonlar savdo aloqalarini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va qurilish sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek Termiz xalqaro savdo markazidan foydalanishni kengaytirishdan birdek tarafdorliklarini yana bir bor tasdiqlashdi.


Delegatsiyalar dastlab Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri mezbonligida uch tomonlama siyosiy maslahatlashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda uch davlat bir-birini siyosiy jihatdan tushunish, doimiy muloqot olib borish hamda muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib oldi.
Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, mas’ullar ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA