Bugungi global axborot makonida har bir millatning madaniy poydevori, ma’naviy asoslari va tarixiy ildizlari unga milliy immunitet bag‘ishlaydi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida bizni rivojlantiradigan, o‘zligini yo‘qotmasdan yangilanishga undaydigan qadriyatlarimiz orasida jadidchilik g‘oyalari alohida o‘rin tutadi. Xususan, jadidlarning ma’rifatparvarlik g‘oyalari bu nafaqat o‘tgan davr merosi, balki bugungi kun uchun ham dolzarb yo‘riqdir.

XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati o‘z zamonasining eng dolzarb muammolariga javob izlagan – savodsizlik, xurofot, dunyoqarashdagi kemtiklik kabi illatlarga qarshi ma’rifat, ilm–fan, zamonaviy maktablar orqali kurashgan edi.

Bugun ham jamiyatimizda ijtimoiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa yoshlar hayotida ma’naviy ustuvorlikni ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Jadidlar g‘oyalarining bugungi yoshlarga yetkazilishi bu borada kuchli vosita bo‘lishi mumkin.

Hali shakllanish bosqichida bo‘lgan bolalar har qanday g‘oyani tez qabul qiladi, uni ongiga singdiradi va u bilan ulg‘ayadi. Shu bois, agar bolalikdan ularga ilmga chanqoqlik, vatanparvarlik, odob-axloq, zamonaviy tafakkur singari jadidlar qadrlagan tamoyillarni singdirsak, kelajak avlod chin ma’noda taraqqiyparvar bo‘ladi.

Maktab – bolalarning ilk ijtimoiy muhiti. Jadidlar maktabni jamiyatni isloh qilishning kaliti sifatida ko‘rgan. Shuning uchun bugungi ta’limda ham jadidlarning hayoti va faoliyatini yoshlar tushunadigan tilda yoritish muhim. Masalan, boshlang‘ich sinflarda Behbudiy hayotidan qisqa hikoyalar, Avloniyning bolalar axloqiga oid nasihatlaridan interfaol topshiriqlar kiritilishi maqsadga muvofiq. Bu esa bola ongida tarixiy shaxslarni ideal sifatida ko‘rishga asos bo‘ladi. 

Bugungi bolalarning aksar vaqti ekran oldida o‘tadi. Shunday ekan, milliy animatsion filmlar, bolalar teatrlari, audio orqali jadidlar obrazini bolalar qalbiga yaqinlashtirish kerak. Misol uchun, Behbudiyning maktab ochishdagi mashaqqatlari yoki Avloniyning bolalarni kasb-hunarga o‘rgatish, Qodiriyning “Uloqda” hikoyasidagi voqealar jarayoni kabi animatsion filmlar va sahna ko‘rinishlari yaratilsa, bu tarixiy shaxslarni tirik siymoga aylantiradi.

Nega aynan animatsiya degan savol tug‘ilishi tabiiy. Animatsion filmlar avvalo tushunarli va esda qolarli. Murakkab tarixiy jarayonlar soddalashtirilib, yoshlar tafakkuriga mos tarzda yetkaziladi. Emotsional bog‘lanish orqali tomoshabin qahramon bilan birga quvonadi, qayg‘uradi, kurashadi. Bu esa obrazni qalbiga chuqurroq singdiradi. Qahramonlarning milliy liboslari, urf-odatlari orqali o‘zlikni anglash kuchayadi.

Jadidlar haqida animatsion film yaratish – bu shunchaki bir loyiha emas, balki milliy o‘zlikni yoshlar ongi orqali jonlantirish harakati. Chunki yosh ongda uyg‘ongan tarixiy qahramon – hech qachon unut bo‘lmaydi. 

Jadidchilikni faqat tarixiy harakat sifatida emas, balki fikr yuritish uslubi, islohotga bo‘lgan ehtiyoj, ma’naviy mas’uliyat deb tushunsak, u zamonaviy yoshlar uchun ham hayotiy dasturga aylana oladi.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungi avlodga jadidcha fikrlash kerak