Dunyoda aholi soni oshishi barobarida tibbiy xizmatlarga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Ko‘plab xorijiy davlatlarda aholi salomatligini saqlash va tibbiy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash maqsadida tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilgan.

Mamlakatimizda ham tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tish ishlari davom etmoqda. 2021 yili Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov sifatida boshlangan ushbu tizimni bosqichma-bosqich 2026 yilning yakuniga qadar mamlakatimiz bo‘ylab joriy etish rejalashtirilgan. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi doirasida bemorlarga elektron retsept asosida dori vositalari kafolatlangan paket doirasida bepul beriladi.  

Bugungi kunda arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 27 turdagi dori vositalari elektron retsept asosida berilmoqda.  

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati rahbari Kumush Pardayevaning ma’lum qilishicha, Kompaniyamiz va uning tizimidagi jamiyatlarning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixona va dorixona shoxobchalari orqali joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 5 mlrd. so‘mlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berildi.  

– Reimbursatsiya (reimbursement) ingliz tilidan olingan bo‘lib, “xarajatlarni qoplash” ma’nosini anglatadi. Ya’ni, reimbursatsiya dasturida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari uchun dorixona xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi qoplaydi, – deydi K.Pardayeva. – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi Kompaniyamiz va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli 399 ta dorixona va dorixona shoxobchalarida reimbursatsiya dasturi orqali elektron retsept asosida bemorlarga dori vositalari berilmoqda.  

Sog‘liqni saqlash sohasida dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat kafolatiga asoslangan tibbiy sug‘urta tizimi aholini uzluksiz va sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlashda eng samarali yo‘l hisoblanadi. Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar bu orqali o‘z fuqarolarining hayoti va salomatligini kafolatli muhofaza qilib kelmoqda.

O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samara berayotganini kuzatish mumkin. Joriy yilning yarim yilida birgina "Dori-darmon" AK tomonidan 5 milliard so‘mlik dori vositalarining elektron retsept orqali bemorlarga bepul yetkazilgani fikrimizni tasdiqlaydi. Bu – nafaqat davlat yordamining real ifodasi, balki inson qadrini e’zozlashga qaratilgan muhim qadamdir.  

M.Qosimova, O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘nggi olti oyda 5 milliard so‘mlik dori vositalari elektron retsept asosida berildi