“Freestyle Chess Grand Slam Las Vegas” turnirining ortda qolgan chorak final o‘yinlaridan so‘ng Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov 3-o‘rin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Kecha o‘tkazilgan chorak final o‘yinida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisiga, Javohir Sindorov amerikalik Hans Niyemannga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 18 iyul kuni mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSH dollaridan iborat turnirning g‘oliblik yo‘lida Hans Niyemann Fabino Karuana bilan, Arjun Erigaisi Levon Aronyan bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Bugun Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Uesli Soga qarshi dona sursa, Javohir Sindorov oq donalarda Magnus Karlsenning qarshiligini yengishga harakat qiladi.

Voqealar rivojidan oldinga o‘tib aytish lozimki, bugungi o‘yinlarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatga erishsa, keyingi bosqichda ular yana bir bor ro‘baro‘ keladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyulga qadar davom etadigan mazkur turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 200 ming AQSH dollariga ega chiqadi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Bugun Abdusattorov So bilan, Sindorov Karlsen bilan kuch sinashadi