Mulohaza

So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda blog yurituvchi bolalar soni sezilarli darajada oshdi. Instagramda professional tarzda faoliyat yuritayotgan bolakaylar bugun nafaqat kontent ishlab chiqaruvchi, balki yirik brendlar bilan hamkorlik qilayotgan real “inflyuencyer”larga aylangan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, raqamli texnologiyalar rivoji va marketing strategiyalarining o‘zgarib borayotganidan dalolat beradi.

Kichik yoshdagi blogerlarning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bloglar asosan ota-onalar tomonidan faol tarzda yuritiladi. Bu bolakaylar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z yo‘nalishlarini shakllantiradi. Ularning sahifalari orqali reklama bergan brendlar – bolalar kiyimlari, o‘yinchoqlari, o‘quv markazlari va hatto oziq-ovqat mahsulotlarigacha bo‘lgan turli firmalardir.

Dunyo miqyosida blogging sohasida bolalar katta-katta qadamlarni tashlashmoqda. Misol uchun, Halston Blek Fisher, Bebi Chanko kabi mitti blogerlarning foto va videolari millionlab insonlar e’tiborini jalb etmoqda. Bu bloglar nafaqat farzandlar go‘zalligi va yoqimtoyligiga asoslanadi, balki ota-onaning ijtimoiy media strategiyasi, fotosurat uslubi va doimiy kontent yangilanishi orqali shakllanadi. 

O‘zbekistonda ham kundan-kunga bolalarning blogerlik faoliyati rivojlanmoqda. Misol uchun, Yasmin Zoitova hozirda instagramda 1,6 milliondan ziyod obunachiga ega. Blog yo‘nalishi asosan hayot tarzi va reklamalar uchun olingan kontentlardan iborat. Yasmin Zoitovaning blogi ota-onasi tomonidan yuritiladi. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, Yasminning muvaffaqiyat sababi ota-onasining mashhur xonanda ekanligida deb. Lekin bolakayning diqqatga sazovor ko‘rinishi va hozirjavobligi orqali uning blogini kuzatish maroqli. Yasmin Zoitova endigina 4 yoshni qarshilagan bo‘lsa ham 10 dan ortiq yirik tashkilotlar bilan reklama yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirmoqda va uning reklamalari uchun narx ota-onasi tomonidan belgilanadi.

Bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishi ularning tafakkurini kengaytiradi, o‘ziga ishonchini oshiradi, ijodkorlikni rivojlantiradi. Biroq bu jarayonda muhim masala – bolalik hayotiga putur yetkazmaslik. Bolalikdan blog yuritish orqali gapirish, ifoda qilish qobiliyatlari rivojlanadi. Zamonaviy media vositalaridan foydalana olish malakasi shakllanadi. Bolalarda sahna madaniyati, kameraga qarshi yurish, savodli nutq paydo bo‘ladi.

Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Kamera oldida katta odam kabi harakat qilish, kontent ishlab chiqarish majburiyati – bolani tabiiy bolaligidan chetlatadi. O‘yin, sarguzasht, erkinlik yo‘qolishi mumkin. Layklar, ko‘rishlar soni, izohlar, raqobat, bolalarda stress va o‘zini past baholashga olib kelishi mumkin.

Bolalarning blog yuritishi – bu nafaqat zamonaviy jamiyatdagi yangilik, balki muhokama va ehtiyotkorlikni talab qiladigan ijtimoiy-axloqiy masala. Ota-onalar, pedagoglar va mutasaddi tashkilotlar bu jarayonga befarq bo‘lmasliklari, bolaning shaxs sifatida shakllanishini birinchi o‘ringa qo‘yishlari zarur. Bu jarayonda bola eksponatga emas, shaxsga aylanishi, bolaligini, quvonchlarini, o‘yinga to‘la hayotini yo‘qotmasligi zarur.

Blogging bolaning imkoniyati bo‘lishi mumkin, ammo bu imkoniyat unga zarar yetkazmagan holda, rivojlanish bilan uyg‘unlashgandagina chinakam foydali bo‘ladi.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blogging bolalar uchun ijodkorlikmi yoki bosim?