Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirkorlarga taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar evaziga “Shahrisabz-Kitob” yo‘nalishida aholiga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish uchun 20 dona zamonaviy “AsiaStar” avtobusi olib kelindi.

Kuni kecha avtobuslar viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirilgan. 

Mazkur avtobuslar elektron to‘lov tizimi, yo‘nalish haqida audio va vizual axborot qurilmalari, videokuzatuv kameralari, isitish-sovitish uskunalari, yo‘lovchilar sonini hisoblovchi tizim, nogironlar uchun maxsus sharoitlar bilan ta’minlangan. Har bir avtobus kuniga 20 ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Ayni paytda viloyatda 222 ta yo‘nalishda 2 ming 186 ta jamoat transport vositasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 16 ming 165 nafar fuqaro yo‘nalishsiz taksi xizmatini amalga oshirmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, yil yakuniga qadar yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrisabz-Kitob yo‘nalishida zamonaviy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi