Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida o‘tayotgan Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) tasnifiga kiruvchi C2 klassidagi musobaqa qizg‘in davom etmoqda.

Okean orti poygalarida dunyoning yetakchi velotrekchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.

Los-Anjeles velotrek musobaqalarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Nafosat Koziyeva kechagi poygalarda qatnashib, yuqori reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz velotrekning uchta yo‘nalishida startga chiqdi. Koziyeva jahonning ko‘zga ko‘ringan 40 nafardan ziyod sportchilari orasida ikki yo‘nalishda 4-o‘rinni band etdi.

Musobaqalar 23 iyulga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Los-Anjelesda o‘tayotgan velotrek turnirida o‘zbekistonlik sportchi reyting ochkolariga ega chiqdi