Bugungi kunda raqobatbardosh iqtisodiyot va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish har bir davlatning ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, sohaga oid tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. 

Memorandum doirasida taraflar Raqobat muhitini tahlil qilish va bozorga kirishdagi to‘siqlarni aniqlash, jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kuchaytirish, seminar-treninglar va konferensiyalar o‘tkazish, aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini oshirish kabi bir qator yo‘nalishlarda birgalikda faoliyat yuritishni maqsad qilgan.

Shuningdek, Memorandum doirasida iste’molchilar huquqlari bo‘yicha aholi o‘rtasida so‘rovnomalar, fokus-gruppalar va boshqa sotsiologik tadqiqotlar tashkil etilishi, ular asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

Nigora Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy islohotlar yo‘lida yangi qadam: anglashuv memorandumi imzolandi