Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sanitar aviatsiya xizmatiga Jahon bankining “Shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish” kredit loyihasi doirasida 69 dona zamonaviy “Ford” rusumli maxsus reanimobil topshirildi.

So‘nggi rusumdagi ushbu avtotransport vositalari bemorlarga malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, uning sifati va qamrovini yanada oshirishga xizmat qiladi.

SSV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sanitar aviatsiya xizmatida 74 ta maxsus avtomashina bo‘lib, ularning 28 tasi reanimobillardir.

O‘tgan 2024 yilda ushbu xizmatga jami 53 ming 200 dan ziyod chaqiruv bo‘lib, joylardagi minglab og‘ir va o‘ta og‘ir holatdagi bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu chaqiriqlarning 20 foizi samolyotlar orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, 80 foizi tizimdagi maxsus avtotransport vositalari yordamida bajarilgan.

***

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Agentlik direktori Abdulla Azizov AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor Elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida elchi janoblariga O‘zbekiston farmatsevtika bozorining hozirgi holati, uning eksport salohiyati va "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, farmatsevtika klasteri loyihasi doirasidagi infratuzilma, xalqaro standartlarga muvofiq tartibga solish tizimi, R&D markazlari, biotexnologiya korxonalari, genomika markazi va klinik tadqiqotlarga oid imkoniyatlar muhokama qilindi.

Elchi janoblari AQSH kompaniyalari va ilmiy muassasalarining O‘zbekistondagi salohiyatli hamkorlik imkoniyatlariga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi. Tomonlar AQSH Oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot institutlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, FDA tartiblari bo‘yicha axborot va o‘quv dasturlarini tashkil etish, klinik tadqiqotlar va texnologiya transferi sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Shuningdek, Fulbright, Faculty Enrichment, IVLP  va boshqa dasturlar doirasida hamkorlikni kuchaytirish, tadqiqotchilar uchun grant va tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy muloqot va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Mohigul Qosimova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xabarlari — qisqa satrlarda