Boku shahrida “O‘zbekiston – Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi"ning taqdimoti va “O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzuidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov, O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov, Ozarbayjon Milliy arxiv boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Ozarbayjon Milliy arxivi saqlovida mavjud bo‘lgan 1930-2023 yillar mobaynidagi davrni o‘z ichiga olgan ikki davlatning madaniy-gumanitar munosabatlariga oid 50 dan ortiq arxiv foto hujjatlar va ularning ilmiy-ma’lumot tavsiflari taqdim etildi. 

Unda O‘zbekiston vakillarining Ozarbayjon davlatiga hamda Ozarbayjon vakillarining yurtimizga tashrifi, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat sohalaridagi hamkorlik, ikki xalqlarning adabiyot va san’at kunlari aks etgan hujjatlar tashrif buyuruvchilarda alohida taassurot qoldirdi. 

Ko‘rgazmadan so‘ng “O‘zbekiston – Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi” taqdimoti o‘tkazildi. 

Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon Respublikasidagi Ozarbayjon Tarix davlat arxivi, Ozarbayjon Kino-foto hujjatlari davlat arxivi, Ozarbayjon Adabiyot va san’at davlat arxivi, Ozarbayjon Respublikasi davlat arxivi, Ozarbayjon Fan va texnika davlat arxivi, Ozarbayjon Ovoz yozuvlari davlat arxivlariga tashrif buyurdi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Ozarbayjon: arxiv sohasida hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda