Bugungi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, Yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etishda davlat nazoratini amalga oshirishda “Ye-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanilmoqda.

Mazkur dastur orqali ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, huquqbuzarlikni bartaraf etish muddati qisqardi va idoralararo hujjat almashish tezkorligi oshirildi. 

Tekshiruvlar jarayonidagi yangiliklar va ayrim qonunbuzarliklar xususida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shiddatbek Abdug‘afforov quyidagilarni ma’lum qildi: 

– Bugungi kunda yer nazoratchi inspektorlarimiz to‘liq maxsus planshetlar bilan ta’minlangan. Bu qurilma orqali aniqlangan yer qonunbuzilishi holati joyining o‘zida elektron rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, yer nazorati tadbirlarida dronlardan ham keng foydalanilyapti. 

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan 2025 yilning 6 oyi davomida poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2 188 ta holatda 35,8 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlangan.

Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p yerga oid huquqbuzarlik Sergeli (241 ta holatda 6,5 gektar), Mirobod (231 ta holatda 1,1 gektar), Mirzo Ulug‘bek (226 ta holatda 3,8 gektar), Yashnobod (214 ta holatda 2 gektar) hamda Olmazor (210 ta holatda 2,9 gektar) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Aniqlangan mazkur holatlarni bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 1 370 ta holatda 14,7 gektar yer qonunbuzilish holatlari fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari asl holatiga qaytarildi. 

O‘zboshimchalik bilan egallangan 16,3 gektar yer maydonlarida qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga 749 ta da’vo arizalari kiritildi. Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 21 ta ish materiali o‘rnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga yuborildi. 

Xabaringiz bor, 2024 yil 5 avgust kuni “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Bugungi kunda ayrim fuqarolarimiz orasida ushbu qonunni noto‘g‘ri talqin qilib, “qurilishi mavjud bo‘lsa, huquq e’tirof etilar ekan” deb, bo‘sh yerga imorat qurayotganlar ham afsuski uchrab turibdi. Hozir noqonuniy qurilish qilib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman degan iddao bilan hujjatlashtirib olaman” qabilida ish tutayotganlar xato o‘ylamoqda. Sababi, Kadastr agentligi tomonidan yerlarning holatini o‘rganish bo‘yicha kosmik s’yomkalar, xaritalar bor. Ular yordamida 5-10 yil, hatto 20 yil ortga qaytarib tekshirish mumkin. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni asosida 2018 yilning 1 may sanasiga qadar yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino-inshootlarga nisbatan huquqlar ko‘rib chiqilishi, shuningdek, huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Agar qurilma belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday qurilmalar tegishli tashkilotlar xulosasiga ko‘ra bartaraf etiladi. 

Shundan kelib chiqib, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida ham aynan 2018 yil 1 may sanasidan keyingi davrdagi yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari o‘rganildi va bartaraf etish choralari amalga oshirildi. 

Ma’lumki, qonunchilikda yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar uchun jazo muqarrarligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Chunki, Yer – umummilliy boylik, eng muhim tabiiy resurslardan biri. Shuning uchun ham bu ne’matdan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish zarur. Yurtdoshlarimizdan yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlarini, yerni o‘zboshimchalik bilan egallamasliklarini yana bir bor so‘rab qolamiz. Zero, har qanday holatda ham qonun ustuvorligi, albatta, ta’minlanadi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shiddatbek Abdug‘afforov: "Qurilishi mavjud bo‘lsa, huquq e’tirof etilar ekan”, deya bo‘sh yerga imorat qurayotganlar ham bor