Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Katta O‘ra” mahallasi tumanning eng olis, tog‘li hududlaridan sanaladi. Mahallaga qarashli Katta O‘ra, Chit, Qovg‘a, Katta tosh, Kon, Yangiqishloq, Ko‘kbuloq kabi qishloqlarda 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar olis qishloqlarda ham o‘z samarasini bermoqda. Mahalladagi hokim yordamchisi Zokir Ro‘ziboyev bilan qishloqlarni aylanar ekanmiz bunga yana bir bor amin bo‘ldik. 

Dastlab mahalladagi Chit qishlog‘iga keldik. Tog‘lar orasida joylashgan kaftdekkina qishloqdagi xonadonlar  yashillikka burkangan. Tavakkal bitta hovliga kirdik.  Bizni o‘zini Bahodir Soatov deb tanishtirgan yuzlari oftobda qoraygan, qotmadan kelgan dehqon kutib oldi. U bilan birga tomorqani aylandik.  

[gallery-24343]

Jo‘yaklarda yashnab turgan kartoshka va sabzi allaqachon yetilgan. Bodring va pomidor pisha boshlagan. No‘xat esa endi hosilga o‘tirgan. Mo‘’jaz olmazorning hosili ko‘zni quvnatadi. Omilkor dehqon ikki yil oldin sinov tariqasida olib kelib ekkan kovraklar ham bu yildan shiraga enibdi. 

– Mehnat qilgan kishi albatta rohatini ko‘rarkan, – deydi Bahodir aka. – Mana hozir deyarli hamma qishloq xo‘jalik mahsulotlari tomorqamizdan chiqadi. Bozordan sotib olmaymiz. Qaytanga ortganini sotib daromad qilyapmiz. Hududimiz lalmi bo‘lganligi uchun yerlarimizdan unumli foydalana olmasdik. Hovlining bir chekkasida sun’iy hovuz qazib ichiga plyonka yotqizib yomg‘ir va qor suvlarini to‘plashni yo‘lga qo‘ydik. Ancha-muncha suv yig‘ildi. Ekinlarni 4-5 marta sug‘orishga yetyapti. Bundan tashqari, 1,5-2 kilometr masofadagi buloqdan plastmassa quvur orqali suv tortib kelganmiz. U ham sug‘orishga juda qo‘l kelyapti. Xullas harakat qilsak, baraka kelyapti.  

– Kovrakchilik bu hududlarda yangilik bo‘lsa kerak, uni samarasi qanday bo‘lyapti, so‘raymiz Bahodir akadan.

– Yo‘q aslida kovrak bizga yangilik emas, ilgari hududimizda o‘sgan, lekin ildizi bilan kovlab olinavergach yo‘qolib ketgan, – deydi dehqon. – Endi esa qaytadan olib kelib ko‘paytiryapmiz. Natijasi yomon emas. Mana bu yil ikki yil oldin ekkan kovraklarimiz ildizi shira bera boshladi. 

Chitliklar chorvachilikni haddisini olgan. Aholi chorvadan olingan sut va sut mahsulotlarini sotib yaxshigina daromad qiladi. Ushbu mahsulotlar tabiiyligi uchun xaridorgir. Buni yaxshi anglagan shu qishloqlik yosh tadbirkor Umidjon Abdullayev tavakkal qilib qurutlarni qadoqlangan holda sotishni yo‘lga qo‘ydi.

– Boshida qurutlarni xaltalab olib borib sotardik, – deydi Umidjon. – Keyin shuni tadbirkorlik faoliyatiga aylantirib qadoqlangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Natija esa kutilganidan ham a’lo bo‘ldi. Hozir katta-katta savdo majmualaridan buyurtmalar bor. Shu bois faoliyatni yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz. 

Keyingi manzil Qovg‘a qishlog‘i bo‘ldi. Hokim yordamchisining ta’kidlashicha, ushbu qishloqda ilk bor issiqxonachilik yo‘lga qo‘yilgan. Negaki shu kungacha uzoq davom etadigan qish fasli, yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi, suvning tanqisligi bois hech kim bu yo‘nalishga qo‘l o‘rmagan.  Lekin qalovini topsang qor ham yog‘adi deganlaridek, shu qishloqlik Panji Normurodov issiqxona qurib, undan daromad topishning imkonini topdi. Issiqxonada bodringlar mavj urib o‘smoqda. 

– O‘g‘limizning nomiga 30 million so‘m imtiyozli kredit olib issiqxona qurdik, – deydi P.Normurodov. – Bu yil uchinchi yil. O‘tgan yili pomidor, bu yil esa bodring ekdik. Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilganmiz. Daromadi yomon emas. Shuning ortidan orzu havaslarni ro‘yobga chiqaryapmiz. Hozir yanada kengaytirish ustida bosh qotiryapmiz. Qishloqdoshlar boshida eplolmaysan degan edi. Bugun esa kelib maslahat so‘rashyapti. 

Panji Normurodov faqatgina issiqxona biznesi bilan to‘xtab qolgani yo‘q, eski foydalanilmay turgan masjid binosini ijaraga olib, mo‘’jazgina ustaxona ham qurgan. U yerda beshik, xontaxta, stol-stul yasab hunarmandchilik ham qilmoqda. Ota-bobolaridan o‘zlashtirgan duradgorlik sirlarini farzandlariga o‘rgatmoqda. 

Shundan so‘ng yo‘lda davom etib, Katta O‘ra qishlog‘iga tushamiz. Bu qishloqda ham yangilikka intilgan, ezgu islohotlardan unumli foydalanganlar bisyor. Masalan, shu qishloqlik usta hunarmand Akmal Xoliqov hokim yordamchisining tavsiyasi bilan kattagina ustaxona qurib, ko‘plab xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan. Borganimizda ham uni ish ustida uchratdik. 

– Faoliyatimizni 2017 yilda oilaviy ustaxona bilan boshlaganmiz, – deydi A.Xoliqov. – Lekin hovlimiz bu ishlarga torlik qildi. Hamma narsa o‘lda-jo‘lda. Keyin 2023 yilda hokim yordamchisi tashabbusi bilan auksiondan yer yutib olib, yangi ob’ekt qurishni boshladik. 2024 yilda davlatdan 100 million so‘m kredit oldik. Qo‘shimcha uskunalar, jihozlar olib kelib ustaxonani ishga tushirdik. Rejada 10 ta ish o‘rni tashkil qilib, yog‘ochlarni kesish,   avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, paxta va junni titish, avtomashina yuvish, savdo do‘koni kabi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutganmiz. Hozircha shulardan 4 tasi ishga tushdi. Kelajakda ularning barchasini ishga tushiramiz. Bunda asosan mahallamiz hududida ehtiyoj bor yo‘nalishlarni tanlab olganmiz. 

Darhaqiqat, bugungi yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan borki, samarali natijalarga erishmoqda. Bunga makonning aslo aloqasi yo‘q, xoh markaz bo‘lsin, xoh olis hudud maqsad to‘g‘ri tanlansa bas, barakasini beraveradi. Bunga “Katta O‘ra” mahallasi aholisi amalga oshirayotgan ishlar yaqqol misol. 

Masalan, mazkur qishloqda yashovchi Shomirza Tashanov dorivor o‘simliklar urug‘ini yetishtirishni boshlagan. Hozirda uning 20 sotixlik tomorqasida gulxayri, bo‘tako‘z, malina kabi 7 turdagi dorivor o‘simliklar o‘stirilmoqda. 

– Izlanib bu yo‘nalishning daromadli ekanini aniqladim, – deydi Sh.Tashanov. – O‘ylab-o‘ylab ekishga qaror qildim. Bu yil sinov tariqasida boshlaganmiz. Shukrki o‘simliklar yaxshi o‘sdi. Hududimiz ob-havosi ularga juda mos keldi. Ishonsangiz hali urug‘lari tayyor bo‘lmasdan xaridorlar tayyor. Agar bu yil natija yaxshi bo‘lsa, kelgusida buni yana kengaytiramiz. 

Ha aytgancha, “Katta O‘ra” mahallasi davlat rahbarining bevosita tashabbusi bilan turizm mahallasi maqomiga ega bo‘ldi. Boisi mahallaning tepasida Maydanak baland tog‘ turizm maskani barpo etilmoqda. Bu esa mahallaning infratuzilmasi, yo‘llari, aloqa tizimi yanada yaxshilanib, aholining daromadi oshadi, turmushi yanada farovonlashadi, degani. 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat qilgan kishi rohatini ham ko‘radi