FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Farg‘ona filiali o‘lchash vositalarini tekshirish, kalibrlash va attestatlash sohasida yetakchi muassasalardan hisoblanadi. Bu yerdagi zamonaviy laboratoriyalar 149 turdagi o‘lchash hamda 40 turdagi sinov vositalarini qamrab olish imkonini beradi.
2025 yilning birinchi yarmida filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida salmoqli ishlar qilindi. Xususan, kalibrlash laboratoriyasi uchun mo‘ljallangan bino to‘liq ta’mirlanib, unda harorat, massa, bosim, elektr, hajm va geometrik kattaliklar bo‘yicha laboratoriyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan holda ishga tushirildi. Shuningdek, xodimlar uchun qulay sharoit yaratildi.
[gallery-24338]
Filial tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishda “e-metrologiya.uz ” elektron platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, 2022–2024 yillar davomida ushbu tizim orqali 6,4 mingdan ortiq buyurtma qabul qilingan. Bundan tashqari sanoat korxonalari bilan ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, “Farg‘onaazot” AJ, “Kvars” AJ va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida joylashgan 700 dan ortiq o‘lchash vositalari logistikaga ehtiyoj sezmagan holda, mahalliy laboratoriyalarda kalibrlashdan o‘tkazildi.
Rejaga ko‘ra, 2025 yil yakunigacha 495 million so‘mlik yuqori aniqlikdagi 2 ta namunaviy o‘lchash vositasi va 110 million so‘mlik 15 turdagi standart namunalar xarid qilinadi. Bu esa kelgusida metrologiya xizmatlari sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA