Isroil armiyasi Suriyaning asosan druzlar yashaydigan Suvaydo shahriga kirgan hukumat kuchlariga qarshi chiqdi. Harakatni Bosh vazir Binyamin Netanyaxu "Suriya rejimi druzlarga qarshi harbiy kuchdan foydalanmoqchi bo‘lgani uchun" deya baholadi. Bu haqda BBC yozgan.

Suriyadagi Inson huquqi bo‘yicha kuzatuv guruhi (SOHR) ma’lumotiga ko‘ra, ikki kun davom etgan guruhlararo to‘qnashuv asnosida avj olgan mojaro davomida kamida 200 kishi halok bo‘lgan.

Suriya rasmiylari Isroilning aralashuvini qoralab, harbiylar va begunoh aholi orasida qurbonlar berilishiga olib kelganini bildirdi. Mojaroga Druziya - Damashq yo‘lida bir savdogar o‘g‘irlab ketilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats bu hujum “Suriya rejimiga aniq ogohlantirish” ekanini ta’kidladi.

Druz diniy yetakchilari dastlab hukumat kuchlari kirishiga ruxsat bergan bo‘lsa-da, keyinroq nufuzli shayx Hikmat Al-Hajriy odamlarni ularga qarshi kurashga chaqirgan.

Damashq holat yuzasidan rasmiy izoh bermadi. Hududda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BBC: Isroil Suriyaga zarba berdi