Los-Anjelesda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari rasman 2028 yil 14-30 iyul kunlariga begilangan, biroq sport turlari bo‘yicha musobaqalar 12 iyuldayoq boshlanib ketadi.

Dastlabki ikki kun futbol, regbi-7, chim ustida xokkey, gandbol, suv polosi va kriket bo‘yicha o‘yinlar start oladi.

14 iyul kuni ochilish marosimi bir vaqtda ikki arena – “Los Angeles” Memorial Coliseum” va “SoFi Stadium”da bo‘lib o‘tadi.

15 iyul kuni medallar taqsimlana boshlaydi. Birinchi oltin medal triatlonda beriladi. 29 iyul ulkan anjumanning  voqealarga eng boy kuni: taxminan 35 sport turida finallar rejalashtirilgan.

30 iyul kuni musobaqaning yopilish marosimi, shuningdek basketbol, gandbol, suv polosi va boshqa jamoaviy sport turlari bo‘yicha hal qiluvchi bahslar tashkil etiladi.

Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi to‘liq jadval bilan rasmiy veb-saytda tanishish mumkinligini ma’lum qilgan. Sahifada 32 sport turi, jumladan musobaqa joyi, saralash bosqichi va final kunlari ko‘rsatilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2028 yilgi Olimpiada taqvimi e’lon qilindi