Har qanday yangilikni dunyo afkor ommasiga yetkazishda axborot maydoni, xususan ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos. Zero, hamkasblarimiz nafaqat xabar tarqatadi, balki jamiyat kayfiyatini uzatadi, islohotlarga nisbatan munosabat uyg‘otadi, davlat va jamoatchilik o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Mazkur ruknda O‘zAning xorijiy hamkorlari sahifalarida e’lon qilinayotgan Yangi O‘zbekistonga oid xabarlar, kuzatuv va baholar berib boriladi. Bu jarayon nafaqat xorijiy media vakillari nuqtai nazarini, balki o‘lkamiz haqidagi haqqoniy tashqi qarashlarni ham umumlashtiradi. Shu tariqa mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, ochiq siyosati va islohotlari xalqaro axborot makonida qanday tahlil qilinayotgani haqida muayyan tasavvur hosil qilish mumkin.

APP: O‘zbekiston va Turkiya iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Pokistonning “Associated Press of Pakistan” – APP axborot agentligi yozishicha, Anqara shahrida O‘zbekiston elchixonasi va Turkiya tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi (DEIK) hamkorligida davra suhbati tashkil etilgan.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy masalaga alohida e’tibor qaratib, turk biznesi vakillari energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda hamkorlikni faollashtirishga alohida qiziqish bildirdi. Shuningdek, G2B va B2B formatlarida amaliy uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.

E’tiborli jihati, tadbirda joriy yil birinchi yarmida Buxoro, Xorazm, Namangan, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrini qamrab olgan “12 oy – 12 viloyat” vebinar dasturini o‘tkazish tashabbusi yuqori baholandi. 

Mezbonlar O‘zbekiston delegatsiyalari tashrifini an’anaga aylantirish, mintaqada amalga oshirilayotgan istiqbolli tashabbuslarga turk investorlarini ham jalb etishga ko‘maklashish istagini bildirdi.

ANSA: Lombardiya va Samarqand viloyatlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

Italiyaning ANSA axborot agentligi Lombardiyada mazkur viloyat rahbari Attilio Fontana Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bilan uchrashganini yoritdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu muloqot yaqinda Lombardiya ma’muriyati vakillarining O‘zbekistonga institutsional missiyasi chog‘ida ikki mintaqa tomonidan imzolangan avvalgi kelishuvlarda belgilangan aniq loyihalarni amalga oshirishni yanada jadallashtirishga qaratilgan amaliy bosqichni boshlash istagini yaqqol namoyon etgan.

– O‘zbekiston siyosiy barqarorligi bilan tobora murakkablashib borayotgan global muammolarga dosh bera olish qobiliyati tufayli Lombardiya kompaniyalari uchun har qachongidan ham qulay biznes imkoniyatini taqdim etmoqda, – dedi Fontana suhbat chog‘ida.

Bugungi uchrashuv va ikki hudud o‘rtasidagi sinergiyaga bag‘ishlangan forum qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, yangi investitsiya uchun foydali muhit yaratishga qaratilgan hamkorlikka nisbatan kuchli intilishni yana bir bor tasdiqlaydi.

Kazinform: Toshkent va Budapesht O‘zbekiston AES sovutish tizimini birgalikda joriy etadi

Toshkentda “O‘zatom” agentligi rahbariyati, Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi vakillari, shuningdek bir necha kompaniya rahbarlari ishtirokida muzokara bo‘lib o‘tdi, deb yozgan Qozog‘istonning “Kazinform” axborot agentligi.

Muloqot chog‘ida atom elektr stansiyasi uchun quruq sovutish tizimini loyihalash va qurilmani O‘zbekistonga yetkazib berish masalasi muhokama qilingan.

Rasmiylar mamlakatimizda yirik AES barpo etish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘lida har biri 55 MVt quvvatga ega 6 ta reaktor (umumiy quvvati 330 MVt) quriladi. 2029 yil oxirida ishga tushiriladigan birinchi reaktor 2033 yildan to‘liq quvvatda ishlay boshlaydi.

Sinxua: Xitoy aviakompaniyasi Pekin-Toshkent va Urumchi-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Xitoy Xalq Respublikasi “Sinxua” axborot agentligi “Air China” xalqaro aviakompaniyasi yaqin kunlarda Pekin va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni ma’muriy markazi – Urumchi shahridan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozdi.

Ta’kidlanishicha, Pekin – Toshkent – Pekin yo‘nalishi bo‘yicha parvoz 19 iyuldan boshlab haftasiga uch marta – seshanba, payshanba va shanba kunlari “Boeing-737” samolyotida amalga oshiriladi.

Urumchi – Toshkent – Urumchi reyslari ham “Boeing-737” uchog‘ida 22 iyuldan boshlab seshanba, juma va yakshanba kunlari yo‘lga chiqadi.

AzerTAJ: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yoaxim Lyov bilan muzokara boshladi

Germaniyalik taniqli futbol mutaxassisi Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin, deb yozmoqda Ozarbayjonning “AzerTAJ” axborot agentligi.

Agentlik xorij nashrlariga tayanib, mamlakatimiz futbol assotsiatsiyasi 65 yoshli mutaxassis bilan muzokara boshlaganini ma’lum qildi.

Agar Lyov taklifni qabul qilsa, hozir jamoamizni boshqarayotgan Temur Kapadze germaniyalik murabbiyning texnik shtabida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, saytda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgani ham ma’lumot tariqasida eslatilgan.

TASS: O‘zbekistonda “Hamkorlik-2025” rus-o‘zbek taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi

TASS axborot agentligi RF Mudofaa vazirligiga tayanib, Termiz dala maydonida “Hamkorlik-2025” Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma taktik o‘quv mashg‘uloti boshlangani haqida yozgan.

Xabarda aytilishicha, dastlab an’anaga ko‘ra, harbiy xizmatchilar umumiy tartibda shakllantirilgan. Harbiy orkestr ijrosida RF va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangrab, ikki davlat bayroqlari tantanali ravishda ko‘tarilgan. Mashg‘ulot ishtirokchilari majmuadagi saf maydonchasi bo‘ylab yagona tarkibda o‘tgan.

Mazkur qo‘shma harbiy mashg‘ulot 21 iyulgacha davom etadi.

O‘tkir Alimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot hamkorlarimiz nigohida - Yangi O‘zbekiston