Test sinovlari – abituriyent hayotidagi hal qiluvchi qadam. Bu faqat imtihon emas – kelajak sari tashlangan dadil qadam, orzu va maqsadlar sinovi.
Joriy yilgi test sinovlari yurtimiz bo‘ylab 65 ta yirik binoda, ikki smenada tashkil etilmoqda. Har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ushbu muhim jarayonda ishtirok etmoqda.
Poytaxtimizda joylashgan “O‘zekspomarkaz” respublika bo‘yicha eng yirik test ob’ektlaridan biri sanaladi. Bu yerdagi qamrov boshqa barcha hududlardan keng.
Sinovlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tishi uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilgan. Yuzni tanish tizimi, xavfsizlik nazorati, onlayn kuzatuv imkoniyatlari – barchasi tiniq va ishonchli muhit yaratishga qaratilgan.
Ota-onalar uchun ham barcha sharoit yaratilgan. Ular farzandlarining test jarayonlarini maxsus katta monitorlar orqali onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega.
Statistikaga ko‘ra, imtihonlarda ishtirok etayotgan abituriyentlarning 53,8 foizi – ya’ni 361 019 nafarini qizlar, 46,2 foizi – 310 378 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda.
Imtihonlar nafaqat bilimni, balki iroda va intizomni ham sinaydi. Bu – har bir yoshning orzu sari ilk qadami. Biz esa ularga omad tilaymiz.
Test jarayonlari tafsilotlari bilan O‘zAning YouTube tarmog‘ida tanishishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/p-Y3WMvpZg8" title="Test sinovlari jarayonidan maxsus reportaj" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA