Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Dolzarb 90 kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan “Chempion va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Yozgi ta’til davrida mamlakatimiz yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport bilan shug‘ullanishga qiziqtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Chempion va yoshlar” uchrashuvida universal jang sport turi bo‘yicha besh karra jahon chempioni, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Azamat Nuftillayev hamda "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, boks bo‘yicha Osiyo va jahon kubogi g‘olibi, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova ishtirok etdi.
Yoshlar bilan samimiy muloqotda sportchilar faoliyatidagi yutuqlar, mag‘lubiyatlar haqida gapirib berishdi.
Chempionlar nafaqat medallar egasi, balki yangi avlod uchun yuksak maqsad sari yo‘l ko‘rsatuvchi ilhom manbaidir. Ushbu uchrashuv yosh avlodga faqat g‘alabalar tarixi haqida emas, balki bu muvaffaqiyat ortidagi sabr, mehnat va intilish haqida teran tasavvur berishga xizmat qiladi. Chempionlar bilan bevosita muloqot yoshlar qalbida ishonch, fidoyilik va yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gU3XtxrTDmc" title="Maqsad g‘alabaga yetaklaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova, O‘zA