Niderlandiya Qirollik dengiz tadqiqotlari instituti (NIOZ) olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika okeanida 27 million tonnaga yaqin nanoplastik zarrachalar mavjud.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aylanasi 1 mikrometrdan kam bo‘lgan bu mikroskopik zarralar kattaroq plastik qoldiqlar konsentratsiyasidan sezilarli darajada yuqori.

Ekspeditsiya davomida olimlar Shimoliy Atlantikaning 12 nuqtasidan namunalar olgan. Qiziq jihati, tadqiqotda tabiiy muhitda keng tarqalgan polietilen va polipropilen deyarli aniqlanmagan.
Tibbiyotchilar fikricha, mikroplastmassalar organizmlarga kirib borishi va atrof-muhitga ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Olimlar suv havzalarida uchraydigan plastmassa miqdorini cheklash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirmoqda, chunki uning ta’siriga qarshi kurashning hozirgi harakatlari yetarli darajada samarali emas.

S.Rahimov, O‘zA