Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyasi “Nissan” 2028 yil mart oyida Oppama shahrida joylashgan asosiy zavodini yopishini e’lon qildi. Ushbu qaror xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarishni optimallashtirish maqsadida qabul qilingan.

Euronews” xabariga ko‘ra, taxminan 2 400 xodim ishsiz qoladi. Ishlab chiqarilgan barcha modellarning yig‘ilishi Fukuoka hududidagi Kyushu zavodiga ko‘chiriladi.

Taniqli brend bu o‘zgarishlar orqali ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va foydalilikni yaxshilashni rejalashtirmoqda. Kompaniya 2024 yil moliyaviy hisobotida 670,9 milliard iyena zarar ko‘rganini ma’lum qildi.

Bu umumiy qisqartirish strategiyasining bir qismi bo‘lib, kompaniya global ishchi kuchining 15 foizini kamaytirmoqda va zavodlar sonini 17 tadan 10 tagacha qisqartirishni rejalashtirgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nissan” yirik zavodini yopmoqchi