Aholi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sport sohasining o‘rni beqiyos.

Bugungi globallashayotgan dunyoda soha kadrlarini zamon talablaridan kelib chiqib mutlaqo yangicha yo‘nalishlarda tayyorlash, yangi avlod sportchilari va trenerlarini yetishtirish orqali natijadorlikka erishish, vatan kelajagini belgilaydigan har tomonlama barkamol insonni kamol toptirish jismoniy tarbiya va sport sohasi oldidagi muhim vazifalardan biri sanaladi.

Sport vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishida shu haqda so‘z bordi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, birinchi navbatda Oliy sport mahorati instituti uchun tayyorlangan 18 nomdagi o‘quv adabiyotlari mualliflar tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi uchun moslashtirilgan holda nashrga tayyorlangani ta’kidlandi.

Muhokamalar jarayonida jismoniy tarbiya va sport sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun tayyorlangan o‘quv-uslubiy adabiyotlar ko‘rib chiqildi.

Fikr-mulohaza va takliflarga boy tarzda kechgan yig‘ilishda mutaxassislarga xorij tajribasi asosida o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yangi uslub va nazariyalarni joriy etgan holda tayyorlash vazifasi yuklatildi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi avlod sportchilarini tayyorlash masalasi muhokama qilindi