Shu kunlarda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab respublikamizda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tizimi tubdan yangilandi. Prezidentimizning 2024 yil 24 maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan qabul jarayonlari ilk bor “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Ushbu tizim abituriyentlarga o‘z imkoniyatlarini xolis baholash va maqbul tanlov qilish imkonini yaratmoqda. 

[gallery-24320]

– Imtihonlarni yuqori saviyada, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida malakali, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar jalb etilgan, – deydi Navoiy davlat universiteti qabul komissiyasi mas’ul kotibi Sodiq Xo‘jjiyev. – Institutda musiqa ta’limi, vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, rang tasvir, dizayn, jismoniy madaniyat kabi 15 ta ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonlarning o‘tishida xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir imtihon o‘tkazish joyi kuzatuv kameralari bilan to‘liq jihozlangan. Shuningdek, касбий (ijodiy) imtihonlarning borishi institutning veb-sayti va telegramm ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilib borilmoqda. Оta-onalar va abituriyentlarning yaqinlari video kuzatuv orqali xonalarda joylashtirilgan televizorlarda kuzatib bormoqda. 

Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tayotgan imtihon jarayonlari videokameralar orqali yozib olinmoqda va zarurat tug‘ilganida istalgan paytda uni qayta ko‘rish imkoni mavjud. Shuningdek, har kuni bo‘lib o‘tayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni jamoatchilik vakillari va mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan kuzatib borilyapti. Bularning barchasi imtihonlarning ochiq, adolatli va shaffof o‘tishi uchun amalga oshirilmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda