Dunyo miqyosida elektron tijorat ya’ni, onlayn savdo tizimi kundan-kunga rivojlanmoqda. Endilikda oddiy bir telefon, bank kartasi va internet bilan bozor yoki do‘konga chiqmasdan, kerakli mahsulotni xarid qilish, hatto uni xorijdan buyurtma qilish imkoni mavjud.

Onlayn savdoning rivoji ayniqsa pandemiya davrida keskin tezlashdi. Karantin cheklovlari odamlarni internet orqali xarid qilishga o‘rgatdi. Shu sababli ham bugun “Amazon”, “Alibaba”, “Wildberries”, “Ozon”, “Trendyol” kabi platformalar global miqyosda millionlab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda esa “Uzum Market”, “Asaxiy”, “Apteka.uz” kabi mahalliy platformalar kun sayin mijozlar ishonchini qozonmoqda.

Ammo bu o‘zgarishlar zamirida bir savol tobora dolzarb bo‘lib bormoqda: an’anaviy bozorlar va do‘konlar yo‘qolib ketmayaptimikan? Haqiqatan ham, zamonaviy iste’molchi qulaylik, tezkorlik va xavfsizlikni afzal ko‘rmoqda. Endilikda yirik savdo markazlariga borish o‘rniga, ko‘pchilik telefon orqali xarid qiladi. Shuning uchun ham dunyoning ko‘plab shaharlarida an’anaviy bozorlar yopilib, o‘rnini ombor va yetkazib berish markazlari egallamoqda.

Biroq, bu jarayon biryoqlama emas. Chunki onlayn savdoga hali ham to‘liq ishonch hosil qilinmagan, ba’zida firibgarlik holatlari kuzatilmoqda. Mahsulotni ko‘rib, ushlab ko‘rmasdan xarid qilish ko‘pchilik uchun noqulaylik tug‘diradi. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar yoki texnika vositalarini tanlashda mijozlar hali ham an’anaviy do‘konlarga murojaat qiladi.

Bugungi kunda onlayn savdo o‘zida bir necha imkoniyatlarni jamlagan. Yangi ish o‘rinlari orqali kurerlar, buyurtma oluvchi, kontent yaratuvchi va mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar jular shumlasidandir. Ayollar va yoshlar uchun yangi ish formatlari, ayniqsa uydan turib ishlash imkoniyati ko‘pchilik uchun qulaylik yaratdi.

Biroq, bu jarayonda nazorat va sifatsizlik, maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi, soliqqa tortishdagi muammolar kabi xavf-xatarlar ham bor.

Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda bozorlar butunlay yo‘qolib ketmaydi. Balki ular gibrid modelga o‘tadi: ya’ni do‘konlar onlayn platformalarga ega bo‘ladi, xaridor esa istasa borib mahsulotni ko‘radi, istasa uydan turib buyurtma qiladi.

O‘zbekiston sharoitida bu transformatsiya allaqachon boshlangan. Raqamli savdo siyosatini rivojlantirish, elektron to‘lov tizimlarini kengaytirish va internet infratuzilmasini yaxshilash bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardir.

Onlayn savdo zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga javob berayotgan, qulay, tez va samarali tizimdir. Lekin bu tizim an’anaviy bozor va do‘konlar butkul yo‘qolishiga olib kelmaydi. Aksincha, ular o‘zgaradi, zamon talablariga moslashadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa onlayn savdoning barqaror o‘sishi uchun ishonch, sifat va qulay xizmat ko‘rsatish muhim omil bo‘lib qoladi.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn savdo yangi asrning bozorimi?