FOTOREPORTAJ

Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fanga oshno etish, kreativ g‘oya va fikrlari bilan muntazam o‘rtoqlashib borish hamda yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 56-umumta’lim maktabida ham yuqori saviyada tashkil etildi.

[gallery-24315]

Mazkur ta’lim maskanida 22 yo‘nalishda to‘garaklar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda 700 nafardan ziyod o‘quvchi  bilim va mahorat oshirmoqda. Bu ularning qobiliyatini namoyon etish, faollik va tashabbuskorlik salohiyatini rivojlantirishda muhim omilga aylangan.  

Shu bilan birga, maktabda tashkil etilayotgan turli tanlov va madaniy-ma’rifiy tadbirlar orqali yangi chehralar, iqtidorli o‘g‘il-qizlar kashf etilmoqda. Ularning ilm-ma’rifat sohasida erishayotgan muvaffaqiyati ta’lim muassasasi uchun faxr manbaidir.

Tadbir davomida yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda