Meta asoschisi Mark Sukerberg AQSHda ulkan sun’iy intellekt ma’lumot markazi qurish uchun yuzlab milliard dollar sarmoya kiritishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, "Prometheus" nomli birinchi ko‘p gigavattli majmua  2026 yil Ogayo shtatida ishga tushadi. Yana bir mega markaz - "Hyperion" Luizianada barpo etiladi va 2030 yilgacha to‘liq faoliyat boshlaydi. Ba’zi hududlar maydoni butun Manxetten oroliga teng - 59 km² bo‘lishi mumkin.

Sukerberg kompaniya “eng aqlli insonlardan ham ustun” sun’iy intellekt va super intellekt yaratishga intilayotganini bildirdi. Ayni maqsadga erishish uchun bir necha yirik titan klasterlar qurilyapti. Ayrim majmualar yillar davomida besh gigavattgacha kuchaytiriladi.

Meta daromadi 2024 yil 160 milliard dollardan oshdi: asosiy manba onlayn reklama. Kompaniya aksiyasi narxi ushbu e’londan so‘ng 1 foiz ko‘tarilib, yil boshidan beri 20 foiz qimmatlashdi.

Mutaxassislar bunday yirik infratuzilma energiya va suv sarfini keskin oshirishiga e’tibor qaratgan. Tadqiqot xulosasi 2027 yilgacha SI markazlari global miqyosda 1,7 trillion gallon suv iste’mol qilishi mumkinligidan darak bermoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sukerberg aqlli odamlardan ko‘ra kuchli super intellekt yaratmoqchi