Xalqaro Gullar festivali yakunlandi

Ko‘klam bahorning so‘nggi haftasida boshlanib, ellik kun davom etgan oltmish to‘rtinchi xalqaro “Gullar festivali” millionlab kishilarga go‘zallik va nafosat, bayramona zavq ulashdi. 

Namanganni dunyoga tanitishda o‘ziga xos “brend” hisoblangan an’anaviy gullar bayramining tantanali yopilish marosimi va konsert dasturi Davlatobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston bog‘i yozgi amfiteatrida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan bir qator nufuzli mehmonlar, poytaxtimizdan kelgan taniqli san’atkorlar, viloyat faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari jam bo‘ldi. 

[gallery-24313]

Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov 1961 yildan buyon nishonlanib kelinayotgan oddiy gul bayrami Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqaro festival maqomiga ko‘tarilib, nufuzi yildan-yilga kengayib borayotganligini alohida e’tirof etdi.

Darhaqiqat, gullar diyoriga xos bo‘lgan festivalda ijodkor va tadbirkor, mehnatkash va tanti namanganliklarning shijoati, intilishlarining mahsuli o‘z aksini topdi. Joriy yildagi gullar bayramiga 25 maydan 14 iyulga qadar jami 7 million sayyoh kelganligi, ayniqsa, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Hindiston, Turkiya, Qatar, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Angliya, AQSH kabi dunyoning 60dan ortiq davlatlaridan 750 mingdan ortiq turistlar tashrif buyurganligi Namangan viloyatining o‘ziga xos madaniy va turizm salohiyatini yuksalganligi hamda nafosat ayyomi ma’no va shakli-shamoyil jihatidan yanada boyitilganidan dalolat beradi. 

2025 yildagi xalqaro “Gullar festivali”ga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida go‘zallikka oshufta namanganliklar viloyat markazida 70 xilga yaqin 100 million tup gul ko‘chati ekildi. Birgina Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Madaniyat va istirohat bog‘idagi gullar soni 40 milliondan ortdi. 

Turli ko‘rgazma, madaniy-ma’rifiy tadbirlar saviyasi ham yuksaldi. Festival doirasida jahonga mashhur ozarbayjonlik qo‘shiqchi Roza Zergerli, O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov ishtirokida konsert dasturlari; “Fashion Week 2025” modalar haftaligi, “Namangan va qirg‘iz tadbirkorlari biznes forumi”, erkin va yunon-rum kurashi, shotokan karatedo, qo‘l jangi, motokross sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalar, turizm, sog‘liqni saqlash, fan-ta’lim yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar, kattalar va bolalar uchun spektakllar va sirk tomoshalari, xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari, Pop tumanida “Lavanda sayli”, Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” parkida “Dron-shou”, Chust tumanidagi Mavlono Lutfulloh nomidagi bog‘da o‘tkazilgan “Osh chempionati” kabi tadbirlar festivalning qamrovi va hududini yanada kengaytirdi. 

Asosiysi, festival gul yetishtiruvchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, transport, umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘plab xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida hamyurtlarimizning bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad olishida muhim o‘rin tutdi. Qariyb ikki oy vaqt ichida nafaqa mahalliy, balki qo‘shni viloyatlardan kelgan gulchilar sotuvlari orqali 300 million so‘mgacha sof daromadga ega bo‘lishgani tahsinga loyiq. 

Qolaversa, viloyat markazi va Yangiqo‘rg‘on, Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust kabi turistik hududlarda minglab aholi vakillari qo‘shimcha ish o‘rinlari bilan o‘zini o‘zi band qildi. Buning natijasida esa, ko‘plab xonadonlarning ro‘zg‘origa baraka kirdi.

Viloyat turizm boshqarmasidan taqdim qilingan statistik ma’lumotlarga qaraganda, 64-xalqaro “Gullar festivali” davomida mehmonlarga 8 trillion so‘mlikdan ziyod savdo va pullik xizmatlar ko‘rsatildi.

Bu yilgi xalqaro tadbirni yuksak saviyada o‘tkazishga munosib hissa qo‘shgan faollar munosib ravishda rag‘batlantirildi. Jumladan, “Eng yaxshi dizayner yaratgan gulchi” sifatida Javlon Musayev e’tirof etildi. Boshqarma va tashkilotlar o‘rtasida “Eng yaxshi landshaft dizayn” nominatsiyasi g‘olibligiga Namangan viloyati avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi loyiq ko‘rildi. Hokimliklar o‘rtasida “Eng ma’naviyatga boy landshaft dizayn” nominatsiyasi bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga “Tracker” va “Onix” zamonaviy avtomashinalari kalitlari tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, “Eng gulzor va obod mahalla” ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faol mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari 100 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

Festivalga mantiqiy ruh bergan san’at ustalari ijrosidagi konsert va Namangan osmoni mushaklarning maftunkor jilosi bilan barchaga zavq-shavq ulashdi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seni sog‘inamiz nafosat bayrami