Kecha AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Yevropa tomonidan moliyalashtiriladigan yangi qurol yetkazib berilishini e’lon qildi va Rossiyaga nisbatan yangi tarif bilan tahdid qildi. Shunga qaramay, Moskva fond bozori 2,7 foiz qimmatlashdi. Bu holat yanada keskin sanksiya ham RF uchun naf keltirilishi mumkinligidan darak beradi.

BBC xabariga ko‘ra, yangi sanksiya 50 kundan so‘ng kuchga kiradi. Demak, RFga qarshi choralar ta’sirini kechiktirish imkoni bor. Trampning bayonoti Putin tinchlik kelishuvini imzolashdan bosh tortganidan norozilik sifatida baholandi.

Rossiya tinchlik istayotganini bildirsa-da, muayyan shartlar G‘arb tomonidan qabul qilinadiganga o‘xshamayapti. Kreml urush sababini tashqi tahdidlar bilan izohlagan.

Avvalroq AQSH va RF o‘zaro murosa yo‘lini tanlagan edi. Endi esa Tramp bayonoti Rossiyaga sanksiya va Ukrainaga qurol yordami davom ettirilishi orqali bosim kuchaytirilishini ko‘rsatmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning tarif tahdidi Rossiyaga foyda keltirmoqda