Prezident Donald Tramp ilgari surgan yangi qonun loyihasi – “Megabill” shtatlar byudjetida milliardlab dollarlik bo‘shliqni yuzaga keltirmoqda. Federal darajadagi ijtimoiy dasturlar, jumladan sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat ta’minoti uchun ajratma qisqarishi natijasida mahalliy hokimiyatlar zimmasiga ortiqcha yuk tushmoqda.

Shtatlar endi sog‘liqni saqlash, ta’lim va xavfsizlik tizimi hisobidan yuzaga kelayotgan kamomadni qoplash yo‘lini izlamoqda. Ayrim hududlarda bu holat tibbiyot muassasalari yopilishi, ishsizlik ortishi va ko‘p aholi ijtimoiy yordamdan mahrum bo‘lishiga olib keladi.

Bir necha yirik shtat sezilarli zarar ko‘rishi taxmin qilinyapti. Masalan, Nyu-Yorkda 11 milliard dollar taqchillik, 63 000 ish o‘rni yo‘qolishi mumkin. Arizonada 360 000 odam sog‘liqni saqlash xizmatidan mahrum bo‘lishi, besh qishloq kasalxonasi yopilishi xavfi bor.

Garchi, turizm sektoridagi soliq imtiyozi saqlanib qolsa-da, tez orada Nevada ham Arizonadagi holat qayd etilishi ehtimoli paydo bo‘lgan.

Demokrat gubernatorlar ushbu loyihani tanqid qilib, masalani saylov oldi kampaniyasining asosiy mavzusiga aylantirmoqda. Respublikachilar qonunni “islohot” deb atab, soliqni kamaytirish va byudjetni tozalash chorasi sifatida taqdim etyapti.

So‘rov natijasi esa ijobiy emas. Quinnipias universiteti o‘tkazgan so‘rovnomada respondentlarning 55 foizi qonunga qarshi chiqqan.

Shtatlar hozirdan boshlab byudjetni qayta ko‘rib chiqishga urinmoqda. "Tramp va Kongress bizni ta’lim yoki oziq-ovqatdan birini tanlashga majbur qilyapti," deydi arizonalik qonunchi Oskar De Los Santos.

Tahlilchilar fikricha, “Megabill”ning oqibati 2026 yildagi saylov arafasida yaqqol seziladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trampning yangi qonuni: Shtatlar byudjet inqiroziga duch kelmoqda