Dolzarb mavzu

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda.

Albatta, инсон bolasi borki, hayotda orzu-havas bilan yashaydi. Ayniqsa, o‘g‘il-qizining bo‘yi yetgani sari ularni o‘qitadi, oliygohni tamomlagach, ishga kirishga ko‘maklashadi. O‘g‘liga dang‘illatib to‘y bergisi, qizi bo‘lsa yaxshi joyga katta to‘y qilib uzatgisi keladi. “To‘y qilsam, elga osh bersam”, degan tilakni hamma inson niyat qiladi.

Ajinarlisi shundaki, yurtimizda turmush qurish, to‘y qilish kabi xayrli ishlar ko‘p hollarda o‘z tabiiy mohiyatidan uzoqlashib, dabdabali va ortiqcha ziynatga berilib ketish holatlari bugungi zamon tili bilan aytganda trendga chiqdi. So‘nggi yillarda  to‘ymi, azami va boshqa o‘ylab topayotgan  marosimlarimizni   o‘tkazishda bo‘lar-bo‘lmas ortiqcha sarf-xarajatlar, nafsiga berilish   illati kuchayib borsa bordiki aslo so‘nmadi.

Katta restoranlar, yuzlab mehmonlar, qimmatbaho to‘y liboslari, ijaraga olingan mashinalar, maxsus foto va video sessiyalar – bularning barchasi yosh oilalarni turmush boshlamoqchi bo‘lgan paytidayoq murakkab moliyaviy to‘siqlar ostida qoldirmoqda. To‘yning ertasigayoq olingan qarzlarni uzish, moliyaviy yukni ko‘tarolmasdan oiladagi yaqinlarning  ruhiy muvozanatining buzilishi holatlarini barchamiz ko‘rdik, ko‘ryapmiz. 

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson qadri, adolat va haqiqat turadi. Yangi O‘zbekiston bunyodkorligida ma’naviy yuksalish va ilm-ma’rifatga suyangan jamiyatni shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Ammo, afsuski, ayrim qatlamlarda ortiqcha dabdaba, ko‘z-ko‘z qilish, ma’naviy bo‘shliqni moddiy ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirishga intilish holatlari ham uchrab turibdi.

Yangi O‘zbekiston – yuksak ma’naviyatli, intizomli va oqil insonlar jamiyati bo‘lishi kerak. Bu borada har bir fuqaroning shaxsiy o‘rni bor. Ammo so‘nggi yillarda ayrimlar orasida kuchayib borayotgan dabdababozlik illati milliy taraqqiyotimizga jiddiy xalaqit berishi mumkin. Jamiyatda qadriyatlar emas, ko‘z-ko‘z qilish urfga aylangan ekan, u yerda barqaror taraqqiyot va ma’naviy yuksalish haqida gapirish mushkul bo‘ladi.

Yaqin yillarda jamiyatimizda moddiy ne’matlarni, boylik va mol-dunyo ko‘lamini namoyish qilish, ya’ni dabdababozlik ruhidagi hayot tarzi tobora urfga aylanib borayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Bunday illat nafaqat shaxsiy, balki keng ijtimoiy oqibatlarga ham sabab bo‘lmoqda. Qurilishi tugallanmagan uylar, ortiqcha sarf-xarajatli to‘ylar, “marosimlar”, bundan tashqari, ehtiyojdan ortiqcha libos va buyumlarning soni oshib bormoqda. Bu ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas holda jamiyatda psixologik bosim, sun’iy ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaryapti.

Ko‘z-ko‘z qilish ortidagi iqtisodiy zo‘riqish

Ortiqcha to‘ylar, marosimlar, keragidan ortiqcha xarajatlar odamlarni iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga solib qo‘ymoqda. Bu holat ko‘plab oilalarning qarzga botishi, imkoniyatlari cheklangan yoshlarning ruhiy tushkunlikka tushishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada, mehnat va aql emas, ko‘zbo‘yamachilik va dabdabali hayotga intilish "muvaffaqiyat" sifatida qabul qilinayotgani jiddiy xatardir.

Dabdababozlik, avvalo, aholining iqtisodiy jihatdan zo‘riqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, bir to‘y uchun 50-100 million so‘m sarflayotgan oila, ko‘pincha bu mablag‘ni kredit hisobiga amalga oshiradi. Bu esa yillar davomida uning iqtisodiy erkinligini cheklab qo‘yadi. Ya’ni, insonlarni nafaqat zamonaviy texnologiya, bilim va mehnat orqali yuksalishiga, balki sun’iy ravishda “nom chiqarish”ga undaydigan mexanizmlar shakllana boshlaydi.

Ijtimoiy tengsizlik va ma’naviy muvozanatning buzilishi

Bu illatning eng xavfli tomoni – u jamiyatda sun’iy ijtimoiy tengsizlik hissini kuchaytiradi. Qo‘shnisi to‘rt qavatli uy qurgan bo‘lsa, u ham qurmoqchi, yosh yigit mashinani emas, uning brendini ko‘zlamoqda, qizlar esa bilim va qobiliyat emas, to‘ydagi sarpoga qarab tanlanmoqda. Bu – milliy qadriyatlarimizga mutlaqo zid holat.

Barchamizga ma’lum haqiqat: odatda to‘ylardagi dabdabalar ko‘proq “kimdir ko‘rsin”, “ovoza bo‘lsin” maqsadida amalga oshiriladi. Bu esa insoniylik, ma’rifat va oddiylik tamoyillariga zid. Ba’zi hollarda, to‘ydan ko‘ra foto-video materiallar, ijtimoiy tarmoqdagi ko‘rishlar   ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Axborot asrining “ko‘rsatish” virusi insonlarni shunchaki haqiqatni emas, ko‘z-ko‘z qilishni istaydigan shaxslarga aylantirmoqda. Tarmoqdagi yolg‘on unashtiruvlar, dabdabalik aks etgan uchrashuv onlarini ko‘rgan auditoriyaning ko‘p qismi esa aynan uning hayotida ham shunday bo‘lishini istashi va bu ashaddiy istakning kuchayishi ichki imkoniyatlar, sharoitni hisobga olmagan holda qarz ko‘tarishga olib keladi.

Jamiyatdagi “kim to‘yni yaxshiroq qildi?” degan o‘zaro raqobat ruhi nafaqat sho‘xlikni, balki madaniyat va ma’naviyatni ham tubdan o‘zgartirayotgani bor haqiqat.  Bu holat nafaqat yoshlar, balki butun jamiyat uchun og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni allaqachon keltirib chiqargan. 

Oila qurishning boshidayoq katta qarzga botish yoshlarning  ruhiy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Iqtisodiy bosim ostidagi er-xotin o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishi, turli nizolar vujudga kelishi mumkin. Ayniqsa, ishsizlik yoki barqaror daromad manbasiga ega bo‘lmagan yoshlar uchun bunday xarajatlar og‘ir yukka aylanadi.

Dabdababozlikning eng xavfli tomoni – u yoshlarda noto‘g‘ri qadriyatlarni shakllantirishi. Kimda qancha puli ko‘p, u shuncha “muvaffaqiyatli”, kim qimmat mashinada yuradi, u “inson sifatida yuksak” degan fikrlar paydo bo‘ladi. Bu esa mehnat va bilimni emas, balki ko‘z-ko‘z qilishni targ‘ib qiladi. Natijada, ma’naviy qashshoqlashuv va ko‘zbo‘yamachilik avj oladi. Jamiyat “manmanlik” va “hasad” to‘dasiga aylanib, haqiqiy taraqqiyotdan uzoqlashadi.

Nega bu illatga qarshi kurashish kerak?

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Yangi O‘zbekistonda har bir islohot, har bir qadam avvalo inson uchun, uning ertasi uchun xizmat qilishi shart.” Ana shu islohotlarning samarasi xalq ongida o‘zgarish bo‘lsa, har bir insonning ma’naviyati jamiyatda ilg‘or kuch bo‘lishi shart.

Shu nuqtai nazardan Mahalla va jamoatchilik a’zolari dabdababozlikka qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirishi bugungi ijtimoiy hayotimizning eng dolzarb masalasiga aylanishi zarur. To‘y marosimlarini muayyan darajada standartlashtirish, qonun orqali ortiqcha dabdabalarga chek qo‘yish foydali bo‘ladi. Ayrim hududlarda amalga oshirilayotgan “kamsonli to‘ylar” tashabbusini keng yoyish kerak.

Jamoatchilik nazorati – Mahalliy kengashlar, jamoat tashkilotlari va faol fuqarolar tomonidan to‘y marosimlarida oddiylikni targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish zarur. Davlat va jamoat tashkilotlari bu masalada faol pozitsiyada bo‘lib mahalliy kengashlar, mahalla faollari va diniy arboblar ortiqcha dabdabani nafaqat tanqid qilishi, balki uning oqibatlari haqida xalq bilan ochiq muloqot olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Media targ‘iboti – OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali kamtarlik, ma’naviyat, mehnatsevarlikni targ‘ib qiluvchi namunalarni ko‘proq yoritish lozim. Televideniye unda namoyish etilayotgan seriallar, ko‘rsatuvlarda  internet nashrlari va blogerlar bu masalani yoritishda yorqin namunalarni targ‘ib qilishi, dabdababozlik emas, ma’naviyat va aql-idrok ustuvorligini namoyon etishi shart.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda oddiy va ibratli to‘ylar haqida reportajlar, maqolalar, intervyular tayyorlash – yoshlar uchun ruhiy kuch va namuna bo‘ladi.

  Maktab va oliy ta’lim dargohlarida bolalar va yoshlarga  faqat ilm va mehnat tarbiyasini, inson umri, salomatligi muhim ekanligi, dabdabayu ortiqcha marosimlarga emas, insonning muvaffaqiyatli kelajagi uchun sarmoyani sarflashi, kasb hunar, ilm o‘rganishga yo‘naltirilgan sarmoya samaralarini uqtirish kerak.  Ta’lim muassasalarida bolalar va yoshlarga to‘g‘ri hayotiy yo‘lni anglatadigan, jamiyatga foydali inson bo‘lishni uqtiradigan maxsus ma’rifiy dasturlar joriy qilinishi zarur.

Xulosa o‘rnida

Dabdababozlik – moddiy imkoniyatdan emas, inson ma’naviy  olamining inqirozidan  kelib chiqadi. Jamiyatda haqiqiy barqarorlik, farovonlik va ma’naviy yuksalish bo‘lishi uchun dabdababozlik emas, to‘g‘ri qadriyatlar va mehnatga asoslangan hayot tarzi eng oliy mezonga aylanishi kerak. Vaqt keldi – jamiyat o‘z kelajagini qo‘lga olishi, sun’iy xayollardan voz kechib, haqiqiy taraqqiyot sari intilishi darkor.

To‘y – shodlik va yangi hayotga qadam qo‘yish marosimi. Uni o‘z tabiiy va ma’naviy mohiyatida saqlash, ortiqcha ziynat va dabdabalardan voz kechish – har bir yoshning ham, jamiyatning ham manfaatiga xizmat qiladi. Yoshlarga dabdaba emas, samimiy muhit, xayrli duo va bardavom muhabbat kerak. Shu bois, “yoshlarga dabdaba kerak emas” shiori hayotiy va dolzarb da’vat sifatida keng tarqalishi lozim.

Dabdababozlik – bu shunchaki shaxsiy tanlov emas, u jamiyatning ma’naviy tanazzuliga, insonlar o‘rtasida isrofgarchilik va sun’iy muvaffaqiyat ta’riflariga olib keladigan illatdir. Yangi O‘zbekistonning bunyodkori bo‘lishni istagan har bir fuqaro o‘z hayotida mas’uliyatli, kamtar va teran fikrli bo‘lishi shart. Chunki haqiqiy taraqqiyot tantanasi – oddiylik va ma’naviyatda mujassam.

Mahfuza Yuldasheva,

siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarga dabdaba emas, kelajak kerak...